1-mavzu. Moliyaviy hisobni yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish asoslari. Reja


Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish –


Download 146.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/17
Sana22.06.2023
Hajmi146.15 Kb.
#1648832
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish – bitta operatsiya bo‘yicha bitta 
summaning o‘zi buxgalteriya hisobining ikkita hisobvaraqlarida - bittasining debetida va 
boshqasining kreditida aks ettiriladi. 
Uzluksizlik – xo‘jalik yurituvchi subyekt uzluksiz ishlaydigan, ya’ni belgilangan 
kelajakda ishlashni davom ettiradigan subyekt deb hisoblanadi. Uning o‘z faoliyatini tugatish yoki 
faoliyat ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‘q deb taxmin qilinadi. 
Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash – barcha 
operatsiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlardagi axborotlarni umumlashtirish maqsadida pul 
bilan baholanadi.
Ishonchlilik – axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo‘lmasa va unga 
foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli bo‘ladi. 
Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi boshlang‘ich hisob-kitob hujjatlari bilan 
tasdiqlanishi kerak. 
Ehtiyotkorlik – qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va 
daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa etarlicha baholanmasligiga 
yo‘l qo‘ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir. 
Mazmunining shakldan ustunligi – agar hisob-kitob hujjatlarida va moliyaviy hisobotda 
axborot operatsiyalar hamda voqealarning mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa, bunday 
axborot uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq 
holda hisobga olinishi hamda taqdim etilishi zarur. 
Ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi – moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun, 
bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan qiyoslanadigan bo‘lishi kerak. 
Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalanadigan 
hisob siyosatidan, ana shu siyosatdagi barcha o‘zgarishlardan va shunday o‘zgarishlarning 
natijalaridan xabardor bo‘lishlari lozim. 

Download 146.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling