1-mavzu. Moliyaviy hisobni yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish asoslari. Reja


Download 146.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana22.06.2023
Hajmi146.15 Kb.
#1648832
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Tugallanganlik – moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida axborot 
etarlicha to‘la hajmda taqdim etilishi kerak. 
Izchillik – hisob siyosati bir davrdan ikkinchi davrga izchil o‘tkazilib boradi, deb 


hisoblanadi. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi o‘zgartirish 
tamoyilini belgilash uchun har xil hisobot davrida ularning moliyaviy hisobotlarini taqqoslash 
imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak. 
O‘z vaqtida taqdim etish – hisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi bilan u 
o‘zining iqtisodiy ahamiyatini yo‘qotadi. Axborotni o‘z vaqtida taqdim etish uchun bitimning yoki 
boshqa voqeaning barcha jihatlari ma’lum bo‘lgunga qadar hisobotga zarurat paydo bo‘lishi 
mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi. Boshqa tomondan, agar hisobot barcha jihatlar 
ma’lum bo‘lgunicha kechiktirilsa, hatto eng ishonchli axborot ham foydalanuvchilarga katta foyda 
keltirmaydi, chunki ular ilgariroq qaror qabul qilishga majbur bo‘ladilar. Ahamiyatlilik bilan 
ishonchlilik o‘rtasida mutanosiblikka erishish maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda 
foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qanday qilib eng yaxshi tarzda qondirish masalasini hal etish 
kerak. 
1.5. Buxgalteriya hisobining funksiya va vazifalari 
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq 
moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari deb 
quyidagilarni belgilash mumkin: 
– korxona, tashkilot va muassasalarning xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan 
jarayonlarni kuzatib borish; 
– kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdor ko‘rsatkichlarda ifodalash; 
– korxona, tashkilot va muassasalar xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan jarayonlarni 
hujjatlarda aks ettirish; 
– korxona, tashkilot va muassasalar xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz nazorat olib 
borish va unga ta’sir etish; 
– buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar 
hamda majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish; 
– samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish; 
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Bu vazifalarning bajarilishi korxonalarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni va 
operatsiyalarini o‘z vaqtida, aniq va dastlabki hujjatlarga asoslangan holda buxgalteriya hisobida 
aks ettirish yo‘li bilan ta’minlanadi. 

Download 146.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling