Moliyaviy hisobni yuritish bo‘yicha hisob siyosati va tamoyillari


Download 9.09 Kb.
bet1/3
Sana27.10.2023
Hajmi9.09 Kb.
#1727165
  1   2   3
Bog'liq
mh

Moliyaviy hisobni yuritish bo‘yicha hisob siyosati va tamoyillari


OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
ORALIQ NAZORAT
Bajardi: BH-5 Shokarimova Saidaxon Ravshanovna

Moliyaviy hisobni yuritish bo‘yicha hisob siyosati va tamoyillari

  • Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish siyosati sub’ekt tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlash va tuzishda qo’llaniladigan o’ziga xos qoidalar va amaliy yondashuvlarni ifodalaydi.

Moliyaviy hisobni yuritish bo‘yicha hisob siyosati va tamoyillari

Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati sub’ekt rahbari tomonidan «Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMA asoslarida taqdim etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi. Hisob yuritish siyosati shunday tashkil qilinishi kerakki, unda moliyaviy hisobot barcha uchun qulay bo’lgan BHMA asosida tuzilishi mumkin bo’lishi kerak.


Xo’jalik yurituvchi subyektining hisob siyosati
Foydalanuvchilar ehtiyojlari uchun ahamiyati
Ishonchli bo’lishi
Aynan shunday faoliyat yurituvchi boshqa subyektlarining moliyaviy hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berish
Tushunarli va oddiy bo’lishi
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzishni tashkil qilishning aniq yo’nalishi bo’yicha sub’ektning hisob yuritish siyosati shakllantirilishida O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonun hujjatlarini qo’llash lozim.
Korxonaning hisob yuritsh siyosatini tanlash va asoslashga ta’sir qiladigan omillar
Mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakli
Faoliyat turi yoki tarmoq bo’ysinuvi
Ishlab chiqarish ko’lami hamda ishlovchi xodimlar soni
Soliq solish tizimi bilan munosabat
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida harakat qilish erkinligining darajasi
Moliya-xo’jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi
Boshqaruv faoliyating texnik jihatdan qurollangaligi
Korxonani ma’lumotlar bilan ta’minlashning samarali tizimining mavjudligi
Hisob yuritish siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tanlangan usullar ma’muriy hujjat e’lon qilingan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan boshlab qo’llaniladi, hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bundan mustasno.
Yangi tuzilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt birinchi hisobotini e’lon qilgunga qadar, o’zi tanlagan hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Sub’ekt tomonidan tanlangan hisob yuritish siyosati yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan vaqtdan (davlat ro’yxatidan o’tgandan) keyin qo’llanilishi mumkin.

Download 9.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling