Moliyaviy hisobni yuritish bo‘yicha hisob siyosati va tamoyillari


Moliyaviy hisobni yuritish bo‘yicha hisob siyosati va tamoyillari


Download 9.09 Kb.
bet2/3
Sana27.10.2023
Hajmi9.09 Kb.
#1727165
1   2   3
Bog'liq
mh

Moliyaviy hisobni yuritish bo‘yicha hisob siyosati va tamoyillari

Hisoblash qoidasiga asosan aktivlar, passivlar, o’z kapitali, daromadlar, xarajatlar, xo’jalik muomalalari va hodisalar sodir etilgan paytda buxgalteriya hisobida ko’rsatiladi, ular bo’yicha pul mablag’lari yoki ularning ekvivalenti olingan yoki to’langan vaqt bundan mustasno.

Moliyaviy hisobni yuritish bo‘yicha hisob siyosati va tamoyillari

Buxgalteriya yozuvlari hisobda hisoblash tamoyilidan foydalanilgan holda, xo’jalik muomalalarining sodir bo’lish vaqtida amalga oshiriladi. Bu tamoyilga muvofiq, mahsulot xaridorga berilgandan keyingina realizatsiya qilingan hisoblanadi, ya’ni yuklangan (tushirilgan) mahsulotning qiymati realizatsiyadan olingan tushum hisoblanadi. Ijara haqi o’zi to’lanishi lozim bo’lgan davrdagi xarajat sifatida ijarachining buxgalteriya registrlarida mos ravishda aks ettirilishi lozim. Shunday qilib, hisoblash tamoyili sub’ektning daromadlari va xarajatlari tegishli bo’lgan kelib tushish sanasidan qat’iy nazar, hisobot davrida aks ettirilishini bildiradi.


Ikki yoqlama yozish usuli bilan hisob yuritish qoidasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya muomalalarini ikki yoqlama yozish tizimi asosida yuritish kerakligini bildiradi. Ikki yoqlama yozish tizimi bir xil muomala bo’yicha aynan bir xil summani buxgalteriya hisobining ikki hisobvarag’ida – birining debeti va boshqasining kreditida aks ettirilishidan iborat bo’ladi.
Uzluksizlik tamoyili buxgalteriya hisobini yuritish muddati xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat ko’rsatish muddatiga mos kelishi kerakligini, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ektda buxgalteriya hisobi uni tugatish yoki bankrot bo’lguniga qadar olib borilishi kerakligini bildiradi. O’z faoliyatini tugatgan kundan boshlab xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobini yuritishni taqozo qilmaydi.
Barcha xo’jalik muomalalari, aktivlar va passivlar yagona pul birligida baholanishi kerak. Bu korxona mulkini, uning majburiyatlarini baholash, har xil iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun boshqa sub’ektlar faoliyatining o’xshash ko’rsatkichlari bilan taqqoslash uchun zarurdir.

Download 9.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling