1-mavzu. Moliyaviy hisobni yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish asoslari. Reja


 Xo‘jalik subyektida buxgalteriya hisobini tashkil etish


Download 146.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana22.06.2023
Hajmi146.15 Kb.
#1648832
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1.6. Xo‘jalik subyektida buxgalteriya hisobini tashkil etish 
Respublikamizdagi barcha mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlarda buxgalteriya 
hisobi va hisobotini tashkil etish ishlari yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘RQ-
404-son Qonun bilan tartibga solinadi.
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgalteriya hisobi 
standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 
zimmasiga yuklatiladi.
Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari, shu jumladan 
kichik tadbirkorlik subyektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti 
bilan belgilanadi.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi hamda hisobotini tartibga 
solish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga 
oshiriladi.
Xo‘jalik subyektida hisob ishlarini tashkil etishga rahbar javobgar bo‘ladi, bu esa unga 
ma’lum huquqlarni bergan holda mas’uliyatlarni yuklaydi. 


1.3-rasm. Buxgalteriya hisobi subyektining rahbari huquq va majburiyatlari 
Bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga 
oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari hisoblanadi. 
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunga asosan buxgalteriya hisobi xizmatining 
rahbari bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi. Uning xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlar asosida 
rasmiylashtirish va ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish bo‘yicha talablari 
korxonaning barcha xodimlari uchun majburiydir. 
Bosh buxgalter — mansabdor shaxs hisoblanadi, o‘z faoliyatida u qonun hujjatlari 
talablariga rioya qilishi lozim. Bosh buxgalterning huquq va majburiyatlari uning lavozim 
yo‘riqnomasida belgilanadi. 
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasida bosh buxgalter va korxona 
rahbari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holatdagi javobgarlik masalasi tartibga solindi. 
Bosh buxgalter qonuniy amalga oshirilganligiga shubha qilgan ayrim xo‘jalik operatsiyalariga oid 
hujjatlar rahbarning yozma farmoyishi bilan ijroga qabul qilinadi. Mazkur holatda bosh buxgalter 
bunday operatsiyalarning oqibatlari uchun javobgar bo‘lmaydi. 
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari Klassifikatoriga
5
muvofiq bosh 
buxgalter oliy ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Biroq ma’lumot darajasiga oid talablar qismida 
Klassifikator Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat 
tashkilotlarida, xo‘jalik boshqaruvi organlarida, shuningdek ustav kapitalida davlat ulushi 50%dan 
ortiq bo‘lgan tashkilotlarda qo‘llanilishi majburiy hisoblanadi. Boshqa xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar uchun uning bu qismi tavsiyaviy tusiga ega. 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ma’muriy huquqbuzarliklar uchun 
5
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.06.2015 yildagi 164-son qaroriga ilova

Download 146.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling