1-mavzu. Moliyaviy hisobni yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish asoslari. Reja
-jadval Buxgalteriya hisobining metodlari
Download 146.15 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisoblash
1.1-jadval
Buxgalteriya hisobining metodlari T/r Uslullar Uslullar ta’rifi 1. Hujjatlashtirish Buxgalteriya hisobining obyektlari ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish 2. Inventarizatsiya Korxona mablag‘ini tekshirib, ro‘yxatga olish va olingan ma’lumotlarni hisob ma’lumotlari bilan solishtirish 3. Baholash Xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish 4. Kalkulyatsiya Yaratilgan mahsulot (ish va xizmat)lar birligi tannarxini aniqlash 5. Schyotlar tizimi Mablag‘lar tarkibi va joylashtirilishi, ularning manbalari bo‘yicha aks ettirish, iqtisodiy guruhlash va tezkor nazorat qilish 6. Ikkiyoqlama yozuv Har bir xo‘jalik muomalasining summasi ikki marotaba: bir schyot debeti va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liq boshqa schyotning kreditida aks ettirish 7. Buxgalteriya balansi Muayyan sanaga korxonaning mol-mulki va ularning manbalari to‘g‘risidagi axborotni iqtisodiy guruhlashtirish hamda pul bahosida umumlashtirish 8. Hisobot Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tavsiflaydigan umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimini o‘zida mujassamlashtiradi “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun kontseptual asos” nomli BHMSga binoan buxgalteriya hisobining asosiy qoidalari quyidagilardir: – hisoblash; – ikki yoqlama yozuv usulida hisob kitobni yuritish; – uzluksizlik; – xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash; – ishonchlilik; – ehtiyotkorlik; – mazmunning shakldan uzunligi; – ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi; – moliyaviy hisobotdagi betaraflik; – hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi; – aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi; – tushunarlilik; – ahamiyatlilik; – jiddiylik; – haqqoniy va xolis taqdim; – tugallanganlik; – izchillik; – o‘z vaqtida taqdim etish; Yuqoridagi tamoyillarga asoslanib yuritilgan buxgalteriya hisobi va tuzilgan moliyaviy hisobot barcha foydalanuvchilarning korxona moliyaviy xo‘jalik faoliyati haqida to‘liq, tushunarli ma’lumot olishni va tegishli xulosa chiqarishni ta’minlaydi Hisoblash – daromadlar va xarajatlar buxgalteriya hisobida e’tirof etiladi va kelgan davrda tushishi yoki paydo bo‘lishiga qarab (pul mablag‘larini olish yoki to‘lash asosida emas) moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling