1-mavzu. Moliyaviy hisobni yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish asoslari. Reja


Moliyaviy hisobotdagi betaraflik –


Download 146.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana22.06.2023
Hajmi146.15 Kb.
#1648832
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Moliyaviy hisobotdagi betaraflik – moliyaviy hisobotda beriladigan axborot ishonchli 
bo‘lishi uchun taxminlardan mustaqil bo‘lishi lozim. 
Hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi – hisobot davrida 
bo‘lgan daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni anglatadiki, mazkur davrda ushbu 
hisobot davridagi daromadlarni olishga asos bo‘lgan xarajatlargina aks ettiriladi. Agar daromadlar 
bilan xarajatlarning o‘rtasida bevosita bogliqlikni o‘rnatish qiyin bo‘lsa, xarajatlar biron-bir 
taqsimlash tizimiga muvofiq bir nechta hisobot davrlari o‘rtasida taqsimlanadi. Bu masalan, bir 
necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga taalluqlidir. 
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi – aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy 
baholash qoidasi shundan iboratki, ularning tannarxi yoki sotib olish qiymati asosiy bahodir. 
Standartlarda ko‘zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish qiymatidan farq 
qilishi mumkin. 
Tushunarlilik – hisob va moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilarga 
tushunarli bo‘lishi kerak. 
Ahamiyatlilik – moliyaviy axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida 
ularning ehtiyojlarini qondirish va ularga operatsion, moliyaviy hamda xo‘jalik faoliyatiga baho 
berishda ko‘maklashish uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak. 
Jiddiylik – agar axborotni kiritmaslik yoki noto‘gri taqdim etish axborotdan 
foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qilingan iqtisodiy qarorlariga ta’sir etsa, u 
jiddiy hisoblanadi. Axborotning ahamiyatiga uning mohiyati ham, shuningdek uning qimmati 
(jiddiyligi) ham ta’sir o‘tkazishi mumkin. 
Haqqoniy va xolis taqdim – moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida xo‘jalik yurituvchi 
subyektning moliyaviy ahvoli, operatsiyalar natijalari, pul mablag‘lari harakati to‘grisida 
haqqoniy va xolis tasavvur yaratishi kerak. 

Download 146.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling