1-mavzu: Motivatsiya haqida umumiy tushuncha Asosiy savollar


A.N.Leontevning kontseptsiyasida ehtiyojlar va motivlar


Download 161.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana03.12.2023
Hajmi161.3 Kb.
#1799648
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 mavzu

3.A.N.Leontevning kontseptsiyasida ehtiyojlar va motivlar. 
Psixologiya fanida ehtiyojlarni tasniflash ularni kelib chiqishi va o‘z predmetining 
xususiyatiga binoan amalga oshiradi. Odatda o‘zlarni kelib chiqishiga binoan ehtiyojlar tabiiy 
va madaniy turga ajratiladi. 
Tabiiy ehtiyojlarda inson faoliyatining faolligi, o‘z shaxsiy hayotini himoya qilish, o‘z 
avlodi hayotini saqlash, uni qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy shart-sharoitlarga tortilganlik, 
tobelik aks etadi. Tabiiy ehtiyojlar tarkibiga odamlarni ovqatlanish, tashnalikni qondirish, jinsiy 
moyillik, uxlash, issiq va sovuqdan asranish, musaffo havoga intilish, tana a’zolariga dam 
berish kabilar kiradi. Tabiiy ehtiyojlar uzoq vaqt davomida qondirilmasa, uning oqibatida inson 
halokatga mahkum bo‘ladi, o‘z sulolasi hayoti va faoliyatini xavf ostiga qoldiradi. 
Tabiiy ehtiyojlar insonda hayvonot ajdodlarnikiga va ibtidoiy jamoa a’zolarinikiga 
o‘xshash bo‘lsa-da, lekin ular o‘zining psixologik mohiyatiga ko‘ra mavjudodlarnikidan ham 
sifat, ham miqdor jihatdan tafovutlanadi. Ehtiyojlarni qondirilish usullari, shakli, quroli tobora 
takomillashib borishdan tashqari, ularning mohiyati, mazmuni ham o‘zgarib bormoqda, misol 
uchun hozirgi zamon kishisi eramizdan oldingi ajdodlarimizga nisbatan boshqacha tarzda o‘z 
ehtiyojlarini ro‘yobga chiqaradi va ularni qondirishga intiladi. Uy ro‘zg‘or buyumlarining 
o‘zgarishi ehtiyojlarini qondirish yo‘llari takomillashuvidan darak beradi. Shuning uchun 
insonlarning tabiiy ehtiyojlari ijtimoiy tarixiy xususiyatga ega, chunki ular ijtimoiy tarixiy 
taraqqiyot mahsulidan iboratdir. 
Inson faoliyatining faolligi insoniyat madaniyatini mahsuli bilan bog‘liqligini ifodalab, 
madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Madaniy ehtiyojlar, madaniyat to‘g‘risida mulohaza 
yuritilganda uning ijtimoiy ildizlari kishilik tarixining dastlabki manbalari bilan uzviy 
bog‘lanib ketishini ta’kidlab o‘tish lozim. Lekin tabiiy ehtiyojlar madaniy ehtiyojlar bilan 
o‘zaro uyg‘unlashgan bo‘lib, birinchisi ikkinchisini taqozo etadi, chunki ular biri-birining 
negizidan kelib chiqadi. Xuddi shu boisdan madaniy ehtiyojlar ob’ektiga tabiiy ehtiyojlarini 
qondiruvchi uy-ruzg‘or buyumlar, mehnat faoliyati orqali boshqa kishilar bilan bog‘lanish 
vositalari, madaniy aloqalar o‘rnatish usullari, shaxslararo muomalaga kirishish uslublari, 
ijtimoiy turmush zaruriyatiga aylangan narsalar, o‘qish va tajriba orttirish yo‘llari kiradi. 
Odatda jamiyat ta’lim va tarbiya tizimini egallash, xalq an’analari, marosimlari, bayramlari, 
odatlari, rasm-rusumlari, xulq-atvor ko‘nikmalarini o‘zlashtirish jarayonida rang-barang 
madaniy ehtiyojlar vujudga keladi, yangicha ma’no kasb eta boshlaydi. Yuqorida ta’kidlab 
o‘tganimizdek, tabiiy ehtiyojlar qondirilmasa, ular insonni halokat yoqasiga yetaklaydi, biroq 
madaniy ehtiyojlarning qondirilmasligi unday oqibatlarga olib kelmaydi, ammo odamda 
madaniy fazilatlarning shakllanishiga putur yetkazadi, uning kamolotini sekinlashtiradi. 


Shu narsani ta’kidlab o‘tish joizki, madaniy ehtiyojlar o‘zining darajasiga ko‘ra, jamiyat 
tomonidan o‘z a’zolari oldiga qo‘yilayotgan talablar bilan bog‘liqligiga binoan, ular o‘zaro bir-
birlaridan keskin tafovut qiladi. Masalan, hozirgi zamon yoshlarining bilim olishga nisbatan 
tinimsiz izlanishini, ya’ni bilim olish ehtiyojining mohiyatini eng so‘ngi moda bo‘yicha 
kiyinishga odatlangan xuddi shu yoshdagi tengdoshining ehtiyojlarini bir xil mezon bilan 
o‘lchash va baholash adolatdan emas. Chunki ehtiyojlarning mohiyatiga, ularni qondirish 
uchun amalga oshirish ko‘zda tutilgan faoliyat natijasiga, ularning xususiyatiga ijtimoiy yoki 
individual yo‘nalganligiga binoan, har qaysisi alohida-alohida baholanadi. Ijtimoiy jamiyat 
tomonidan o‘z fuqarolari oldiga qo‘yilayotgan talablariga, jamiyatning huquq asoslariga, xalq 
an’analariga, yurish-turish qoidalariga, ma’naviyat va qadriyat tizimiga, maslak va 
dunyoqarash mohiyatiga mos tushadigan ehtiyojlar yuksak onglilik, ijtimoiy faollik, ma’naviy 
kamolot uchun xizmat qiladi, jamiyat taraqqiyotining muhim mezonlaridan biri bo‘lib madaniy 
ehtiyojlarni tug‘ilish va ularni qondirilish darajasi va ma’naviyatni egallashdagi roli 
hisoblanadi. 
Psixologiya fanida ehtiyojlar o‘z predmetining xususiyatiga ko‘ra moddiy va ma’naviy 
turlarga ajratiladi, ularni keltirib chiqaruvchi mexanizmlar manbai turlicha ekanligi e’tirof 
etiladi. 
Insonning ovqatlanish, kiyinish, uy-joyiga ega bo‘lish, maishiy turmush ashyolariga 
intilish, komfort hissini qondirish bilan bog‘liq madaniyat predmetlariga nisbatan ehtiyoj sezish 
moddiy ehtiyojlar majmuasini yuzaga keltiradi. Ma’naviy madaniyatni yaratish va o‘zlashtirish, 
shaxsning o‘z fikr mulohazalari va his-tuyg‘ulari bo‘yicha boshqa odamlar bilan muomalaga 
kirishish hamda axborat almashtirish, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan tanishish, mahalliy 
matbuotni o‘qish, kino va teatr ko‘rish, musiqa tinglash kabilarga ehtiyoj sezish, ya’ni ijtimoiy 
ong mahsuliga tobelik manaviy ehtiyojlar tizimini vujudga keltiradi. 
Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, vujudga kelgan 
ma’naviy ehtiyojlarni qondirish jarayoni moddiy ehtiyojlarning tarkibiga kiruvchi moddiy 
narsalar yordamida amalga oshiriladi chunonchi, kitob, yozuv qog‘ozi va boshqalar. 
Ehtiyojlarning turlari haqida fikr bildirganda yana shu narsaga e’tibor berish kerakki, 
kelib chiqishiga binoan tabiiy turga taalluqli ehtiyoj o‘z predmetiga ko‘ra moddiy guruhga, 
xuddi shu mezonlar bo‘yicha bir davrning o‘zida madaniy ehtiyojning moddiy yoki ma’naviy 
ehtiyoj turkumiga kiritish mumkin. Shu tariqa ehtiyojning kelib chiqishi va predmeti xususiyati 
bo‘yicha ikki mezonga asoslanib muayyan guruhlarga ajratiladi. Inson ongining tarixiy 
taraqqiyotiga nisbatan va ehtiyojlarning ob’ektiga bo‘lgan munosabatiga binoan, har xil 
tasniflanadi va xuddi shu mezonlarga ko‘ra ular rang-barang turlarga ajratiladi. Ularning 
izchilligi, barqarorligi, doimiyligi, ko‘lami, ahamiyatliligi, predmetliligi, ijtimoiyligi, 
individualligi kabi xususiyatlari bilan o‘zaro bir-biridan farqlanadi. 

Download 161.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling