1-mavzu: Motivatsiya haqida umumiy tushuncha Asosiy savollar
Turli psixologiya maktabida motivatsiya muammosini o’rganilishi
Download 161.3 Kb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Motivatsiya
4.Turli psixologiya maktabida motivatsiya muammosini o’rganilishi.
Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Professor E.G‘ozievning ta’kidlashicha: motivning tadqiqot tarixidan kelib, unga yondashsak, bu holda u insonlar (goho hayvonlar xatti-harakati) hayoti va faoliyatini ruhiy jihatdan boshqaruvchisi sifatida talqinidan iborat o‘ziga xos turidir. Motiv tushunchasi, asosan, sut emizuvchi hayvonlarga taalluqli ekanligi ilmiy manbalarda ta’kidlab o‘tiladi. Insonlarga aloqador motivlar tushunchasi qo‘zg‘atuvchilar va qo‘zg‘ovchilarning barcha turlari (ko‘rinishlari, modalliklari, shakllari) ni o‘z ichiga oladi (chunonchi, motivlar, ehtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, intilishlar, motivlashgan ustanovkalar va boshqalar). Motiv keng ma’noda xulq-atvor determinatsiyasi belgilanishiga qaramay, ko‘pgina chet el tadqiqotchilari shaxs motivlarini juda tor ma’noda talqin qilib, uni ilmiy jihatdan tekshiradilar, hattoki ular shartsiz reflektor aktlarining miqdorini, affektiv, stress va ekspressiv reaksiyalarni motiv tizimiga kiritmaydilar. Bir qator psixologlar motivni energetik, ma’noviy va ma’naviy tomonlarini o‘zaro solishtiradilar, ular motivni sof ma’nodagi energetik bioquvvat faolligining manbai sifatida talqin qilib, uning ma’noviy va ma’naviy jabhalarini hisobga olmay turib, o‘ziga xos ravishda tushuntirishga intiladilar. Psixoanaliz asoschisi Z.Freyd (856-1939) motivning qonun -qoidalarini faqat dinamik energetik holat tariqasida talqin qiladi. Bir guruh chet el psixologlarining fikriga qaraganda, motiv – bu tajriba va reaksiyalarning energetik jabhasidan iboratdir (ushbu ta’rifga nisbatan munosabat o‘ta bahsli bo‘lganligi sababli mualliflarga tanqidiy fikr bildirishni kitobning boshqa bo‘limida bildiramiz). S.L.Rubinshteyn motivning psixologik mohiyati to‘g‘risida quyidagi mulohazalarni bildiradi: motivatsiya – bu psixika orqali hosil bo‘ladigan determinatsiyadir; motiv – bu shaxs xulq-atvorining kognitivistik jarayonini bevosita tashqi olam bilan bog‘lovchi sub’ektiv tarzda aks etish demakdir. Insonning xulq-atvori (xulqi)ni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo‘luvchi motivlar shaxsning tuzilishida (tarkibida) yetakchi o‘rin egallaydi. Motivning tuzilish (strukturaviy) tarkibiga shaxsning yo‘nalishi, uning xarakteri, emotsional holati (his-tuyg‘usi), qobiliyati, ichki kechinmalari, faoliyati va bilish jarayonlari kiradi. Psixologiya fanida to‘plangan nazariy ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, shuningdek, bir qator psixologlarning fikricha, xarakter shaxs motivlarining dinamik tomonlari asosini tashkil qiladi, degan ta’limot mavjud. Jumladan, xarakterning u yoki bu sifatlari sof dinamik xususiyatli tavsiflarni tashkil qilsa, qolganlari esa faqat dinamik tabiatinigina emas, balki uning ma’naviy va ma’noviy jabhalarini ham yuzaga keltiradi. Motivatsiya tushunchasini boshqaruv sohasi bilan bog‘liq talqini xildir.Shu sababli motivatsiya borasidagi xorijiy adabiyotlarda ularga quyidagicha izoh beriladi. Motivatsiya - shaxsiy maqsad yoki tashkilot maqsadlariga erishish uchun o‘zining va o‘zgalarning qo‘zg‘atish jarayoni ( Meskon M., Albert M., Xedouri F. Osnovы menedjmenta. - M.: Delo, 1992. S. 361) Motivatsiya - inson tomonidan tashqi va ichki omillarning kompleks ta’sirlarini aniqlovchi biror bir faoliyatni ongli tanlash jarayonidir. ( Meskon M., Albert M., Xedouri F. Osnovы menedjmenta. - M.: Delo, 1992. S. 361) Download 161.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling