Pedagogik muloqot madaniyati – pedagogning talabalar jamoasi, ota-onalar, hamkasblar, rahbariyat bilan pedagogik odob va muloqot talablariga muvofiq holda uyushtiriladigan suhbati
Pedagogik muloqot uslublari – o‘qituvchilar tomonidan pedagogik jarayonda ta’lim ishtirokchilari bilan muloqotni tashkil etishda qo‘llaniladigan usullar majmui (avtoritar uslub, demokratik uslub, liberal uslub)
Pedagogik takt (lot. “tactus” – “dahl qilish”, “dahldorlik”, “his etish”, “tuyg‘u”) – pedagogning talabalar bilan turli faoliyat shakllari bo‘yicha tashkil etiladigan muloqotda mavjud axloqiy tamoyillar hamda hulq-atvor qoidalarga rioya qilishi, ularga to‘g‘ri yondoshish malakalariga egaligi
Pedagogik tafakkur – pedagogik jarayon, vaziyat va hodisalar mohiyatining, shuningdek, ular o‘rtasidagi muhim bog‘lanish va aloqalarning pedagog ongida to‘laqonli aks etishi, yangi g‘oyalarni ilgari surish, yangiliklar yaratish, shuningdek, pedagogik jarayon, vaziyat va hodisalarning natijalarini bashoratlash; pedagog aqliy faoliyatining yuksak shakli
Ritmika – ayrim so‘z va bo‘g‘inlarning aytilish muddati va to‘xtalishi, nutq va ifodalarning navbat bilan o‘z o‘rnida ishlatilishi
Ritm (yunon. “rhythmos” < “rjeo” – “oqaman”) – nutqda tovushlarning muayyan izchillik, ketma-ketlikda asosida takrorlanib kelishi, ya’ni nutq vaznini ifodalovchi muhim xususiyat
Tashkilotchilik qobiliyati – pedagog tomonidan ta’limiy va tarbiyaviy jarayonlarni ilmiy-nazariy, metodik va hissiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishini anglatuvchi sifat
Tembr (fr. “timbre” – “qo‘ng‘iroq”, “belgi”, “tamg‘a”, “farqlovchi belgi”) – tovushning tovlanishi (tovush rangdorligi, yorqinligi, yumshoqligi va alohidaligi)ni ifodalovchi xususiyat
Tovushning ixchamligi va harakatchanligi – nutq hosil qiluvchi organlar faoliyati asosida hosil bo‘lgan tovushning bejirim, yig‘inchoq va tebranuvchan ekanligini anglatuvchi xususiyat
Tovush kuchi – nutq hosil qiluvchi organlar faoliyati asosida hosil bo‘lgan tovushning quvvati
Do'stlaringiz bilan baham: |