DLP yoki LCD, qaysi biri yaxshiroq?
Balki eng professional raqamli videoproektorlar doirasida uchta DMD li DLR proektorlari eng yaxshisi hisoblanadi deyilsaАmmo bu proektorlarning (uning og’irligi va kattaligidan tashqari) narxi o’n ming dollardan oshiqroq turadi.
DLR proektorlarining yorqinligi va kontrastligi yuqori va hajmi, ogirligi kamroq (og’irligi 2 kg dan kam, kitobdek hajmga ega). Biroq LCD proektorlarda ranglar quyuqligi yuqorirok va tasvirda jimillash yo’q.
Videoproektordan foydalanish.
Videoproektordan foydalanish umuman olganda toza tutish va havo filtrini tozalab turish va almashtirishdan iborat bo’ladi. Havo filtrini har 100 ish soatidan keyin bajarish kerak, agarda u chang va tutunli xonada ishlatiladigan bo’lsa kamroq vaqtda almashtirish zarur. Bu juda muhim shart, chunki proektor qizishi rejimini kuzatib borish – uning buzilmasdan ishlashi garovidir. Shuning uchun proektorni o’rnatayotganda uning havo kiradigan yo’llariga havo bemalol kelib turishini ta`minlashga e`tibor berish kerak. Noto’g’ri issiqlik almashuvi yoki havo filtrining ifloslanishini ko’rsatuvchi aniq belgisi proektorning ko’p ishlamay turib, qizishini ko’rsatuvchi indikatorning yonib turishi yoki uning avtomatik o’chib qolishi hisoblanadi.
8 – Mavzu.
Mobil qurilmalarni proshivka qilish va standart sozlashlarini tiklash.
Reja:
Mobil qurilmani qayta proshivka qilish bosqichlarni
Mobil telefonlarni proshivka qilish o'z qo'lingizda
Proshivka qilishda kerakli asboblarni bilib olsak
Hozir qanday qilib UzTE (ZTE) Grand X Quad telefoniga yangi Android tizimini o’rnatish (telefonni proshivka qilish) haqida bilib olamiz.O’ylashimcha Android tizimida ishlovchi boshqa barcha telefonlar ham huddi quyida ko’rsatilganidek proshivka qilinadi. Faqat bitta farq – boshqalarda proshivka versiyasi va fayli boshqacharoq bo’ladi. Muhimi – telefoningiz modeli va Android versiyangizga mos proshivka tanlashingiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |