1 Mavzu: murojaatnomada davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini joriy etish – borasidagi ustivor vazifalar. Reja


-diagramma. 2001-2019 yillardagi iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari(%)


Download 410.31 Kb.
bet32/36
Sana05.01.2022
Hajmi410.31 Kb.
#232239
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
1 Mavzu Amaliy mashgulot

3.4.-diagramma. 2001-2019 yillardagi iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari(%)
Jumladan, Murojaatnomada 2021 yilda iqtisodiyotni kamida 5 foizga o‘sishi, byudjet defitsiti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5,4 foizdan oshmasligini ta’minlash, kelgusi 2 yilda esa byudjet defitsitini 2 foizdan oshirmaslik uchun zarur chora-tadbirlarni belgilash lozimligi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil


2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida “Monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish hamda Davlat byudjetining mutanosibligini ta’minlash orqali pul massasi haddan ziyod o‘sishining oldini olish” – valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan5. Mamlakatda moliya bozorlarining rivojlanganligi, pul-kredit siyosatini yuritish va davlat xarajatlarini boshqarish metodlarini mukammallashtirishda qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratadi. O‘zbekistonda monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish zarurati mavjudligi amaliyotda yaqqol ko‘rinib turibdi. 2017-2018 yillarda kreditlarning oshishi muvozanatli makroiqtisodiy sharoitlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining qo‘shimcha tezlashishida o‘z aksini topishi kerak edi. Lekin, iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar o‘sish sur’atining yalpi ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atidan 2 barobardan ko‘proq oshishi, iqtisodiyotda qo‘shimcha talab yuzaga kelishiga va talab hajmlarining amaldagi taklif hajmlaridan oshib ketishiga, pirovardida musbat ishlab chiqarish tafovutining paydo bo‘lishiga olib keldi.

SHuningdek, byudjet xarajatlari va kreditlar hisobiga shakllanayotgan investitsiyaviy va iste’mol talabining katta qismi import evaziga qondirilishi import hajmlarini keskin oshirmoqda. Bu tashqi savdo balansining manfiy saldo bilan ijro etilishiga va milliy valyuta kursiga nisbatan devalvatsion bosimning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.




Download 410.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling