1 Mavzu: murojaatnomada davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini joriy etish – borasidagi ustivor vazifalar. Reja
-diagramma. 2001-2020 yillarda O‘zbekistondagi inflyasiya darajalari (%)
Download 410.31 Kb.
|
1 Mavzu Amaliy mashgulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyasion maqsadni (target) o‘rnatish
3.3.-diagramma. 2001-2020 yillarda O‘zbekistondagi inflyasiya darajalari (%)
O‘zbekistonda mustaqillikdan keyingi davrida yuqori inflyasiya darajasi kuzatilgan va faqatgina 2003-2016 yillarda inflyasiya darajasi deyarli bir xil bo‘lishiga erishgan. 2017 yildan inflyasiya darajasining oshishi kuzatilgan. Bu holatning asosiy sababi sifatida yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolar, xususan keng qamrovli davlat dasturlarining bajarilishi, naqd pul masalasining hal etilishi, milliy valyutamizning erkin konvertirlanishi ta’minlanishi va boshqa shu kabi dolzarb masalalarni keltirib o‘tish mumkin. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyasiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyasion maqsadni (target) o‘rnatish yo‘li bilan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyasion targetlash rejimiga o‘tkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bunga Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3272-sonli Qarori asos bo‘ldi. Inflyasion targetlash, inflyasiya hali o‘zi haqida bildirmasdan turib, inflyasion choralar ko‘rish imkonini beradi. Inflyasion targetlashning mohiyati shundan iboratki, bunda Markaziy bank inflyasiyaning maqsadli ko‘rsatkichini belgilaydi va unga erishish uchun barcha instrumentlardan foydalanadi. Inflyasion targetlashdan foydalanayotgan mamlakatlar, Markaziy banklarning standart usullarga qaraganda pul-kredit siyosatining samaradorligini oshirishga yordam beradi. 1990 yilda YAngi Zelandiya birinchilardan bo‘lib inflyasion targetlashga o‘tgan bo‘lsa, 2005 yilga qadar asosan industrial rivojlangan davlatlar Markaziy banklari bu kabi targetlashga o‘tishgan. 2005 yildan hozirgi davrga qadar inflyasion targetlashga o‘tgan davlatlar qatorida rivojlanayotgan davlatlarning ulushi katta qismni tashkil etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Preziden-tining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Pul-kredit siyosatini yanada takomillash-tirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida “Umumiqti-sodiy, soliq-byudjet va pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirish ama-liyotini takomillashtirish, bunda iqtisodiy o‘sish, davlat byudjeti-ning balanslashganligi va iqtisodiyotdagi narxlar darajasining barqarorligi bo‘yicha o‘zaro harakatlar va maqsadlarning kelishilganligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish” – bosqichma-bosqich inflyasiyaviy targetlashga o‘tish yo‘llaridan biri sifatida taklif etilgan12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yo‘nalishlarining “Yo‘l xaritasi”da makroiqtisodiy institutlarni kuchaytirish va makroiqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish vazifalari belgilangan2. SHu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish yo‘nalishida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. E’tiborli jihati shundaki, mazkur islohotlar ko‘proq amaliy xarakterga ega bo‘lib, bevosita mamlakatimiz aholisining ijtimoiy hayotida, mehnat faoliyatida o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsata oldi. Xususan, Prezidentimizning 2020 yil 29 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga yo‘llagan Murojaatnomasida quyidagi-larga yana bir bor alohida ahamiyat berildi. Bunga erishishning asosiy yo‘llari eng avvalo, pul-kredit siyosatida qo‘llaniladigan pul-kredit instrumentlari-dan faol foydalangan holda barcha monitar omillarning inflyasiyaga ta’sirini kamay-tirish choralarini ko‘rishdan iborat. SHuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’min-lashga jiddiy e’tibor qaratish zarurligi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida import sohasidagi boj to‘lovlari bo‘yicha berilgan imtiyozlar yana bir yilga uzaytirilishi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning dekabr oyida O‘zbekiston iste’mol sektoridagi inflyasiya darajasi haqida ma’lumot berdi. Qo‘mita 2020 yil davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflarning o‘sish darajasi 11,1 foiz bo‘lganini ma’lum qildi. 2019 yil ushbu ko‘rsatkich 15,2 foiz bo‘lgan edi. Qayd etilishicha, 2020 yilning so‘nggi oyida o‘rtacha iste’mol narxlari va tariflari darajasining oy davomidagi o‘sish sur’ati 1,6 foizni tashkil etgan. Mamlakatda2020 yilning iyun-iyul oylarida iste’mol narxlari indeksi (INI) 2019 yildagi mos davrga nisbatan pasaygan. INI o‘sish sur’ati faqat sentabr oyiga kelib, mart oyidagi ko‘rsat-kichdan o‘tib ketgan. Inflyasiyaning o‘sishi asosan oziq-ovqat mahsulotlari narxida kuzatilgan, nooziq-ovqat mahsulotlari narxi hamda xizmatlar tarifida oylik inflyasiya 1 foizni ham tashkil etmagan13. Mamlakatimizda sifatli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, bu borada kafolatlangan zahirani yaratish va ularni bozorga uzluksiz etkazib berish hamda narx-navo barqarorligini ta’minlash ishlariga ustuvor darajada e’tibor qaratilgan. Mazkur masalada Hukumat va hokimliklar tomonidan barcha choralar ko‘rilmoqda hamda bu masala mamlakat Prezidentining doimiy nazoratidadir. Download 410.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling