1 Mavzu: murojaatnomada davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini joriy etish – borasidagi ustivor vazifalar. Reja


Makroiqtisodiy barqarorlik – iqtisodiy islohotlarning mustahkam poydevori


Download 410.31 Kb.
bet29/36
Sana05.01.2022
Hajmi410.31 Kb.
#232239
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
1 Mavzu Amaliy mashgulot

1.3.Makroiqtisodiy barqarorlik – iqtisodiy islohotlarning mustahkam poydevori
Har bir mamlakat iqtisodiy siyosatining bosh maqsadi makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdan iboratdir.

Makroiqtisodiy siyosat – mamlakatda ishsizlikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, narxlar barqarorligini ushlab turish va inflyasiyani oldini olish, byudjet muvozanatini saqlash, tashqi savdoda ijobiy saldoni ta’minlash, valyuta bozoridagi barqarorlikni ta’minash, oqilona pul-kredit hamda soliq-byudjet siyosati yuritish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui hisoblanadi. Xususan, pul-kredit va soliq byudjet siyosatida mazkur sohalarning ijro organlari o‘rtasida muvofiqlashtirish mexanizmiga ehtiyoj iqtisodiy siyosatning istalgan yakuniy maqsadlariga erishish uchun zarur hisoblanadi.

Ma’lumki, inflyasiya darajasini pasaytirish Markaziy banklarning bosh maqsadlaridan biridir. Inflyasiyaning yuqori darajada namoyon bo‘lishi iqtisodiy o‘sishning sekinlashiga va aholi daromadlarining real qiymatining tushib ketishiga olib keladi. Ikkinchi Jahon urushidan keyin markaziy banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati kuchayib bordi. Ular yuqorida keltirgan maqsadga erishish yo‘lida bir qancha usullardan foydalanishgan. Jumladan 1970 yillardagi “neft inqirozi” natijasida ko‘plab rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida kuzatilgan yuqori darajadagi inflyasiyaga Markaziy banklar asosan pul massasi o‘sishini targetlash orqali kurashgan va bu o‘zining ijobiy natijasini bergan. Ammo 1990 yildan keyin markaziy banklar inflyasiyani bilvosita emas balki bevosita tartibga solish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri inflyasiyani targetlashga o‘tishgan11.




Download 410.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling