Pul-kredit va byudjet-soliq siyosatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning asosiy yo‘nalishi byudjet kamomadini moliyalashtirish va pul-kredit sohasini boshqarish hisoblanadi. Pul-kredit siyosati qanday amalga oshirilayotgani, hukumatning byudjet taqchilligini (defitsiti) moliyalash qobiliyati bilan bog‘liq, chunki bu qarzga xizmat ko‘rsatish xarajatlari miqdoriga ta’sir qiladi, mavjud moliyalashtirish manbalarini cheklashiga yoki kengaytirishiga olib keladi.
Byudjet defitsitining ta’siri nafaqat inflyasiya va ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlariga, balki defitsit hajmining qanday moliyalashtirilishiga ham bog‘liq. Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirishning to‘rt muqobil manbalari mavjud: xususiy sektor tomonidan hukumatning qarz majburiyatlarini ichki bozorda ixtiyoriy sotib olish, tashqi qarz olish, hukumatning qarz majburiyatlarini majburiy joylashtirish va Markaziy bank orqali pul mablag‘larini o‘tkazish (Markaziy bankning to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlari, Markaziy bankning g‘aznadagi daromadlari, shuningdek, hukumat nomidan kvaz-fiskal operatsiyalar). YUqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, mamlakatimizda makroiqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish hamda byudjet muvozanatini saqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |