1-Mavzu: Musiqa darsi – maktabda musiqa o`qitishni tashkil etishning asosiy shakli. Reja
Musiqa tarbiyasida yangi metod va vositalar izlash
Download 25.65 Kb.
|
1-MARUZA
Musiqa tarbiyasida yangi metod va vositalar izlash;
Xayot va san’at urtasidagi uzviy bog’liklikni musiqa madaniyatining mazmuni va ma’nosini ifodalash tushuntirish maqsadida aniq xodisalar va misollardan foydalanish. Ushbu vokealarni amalga oshirishda ukituvchi jiddiy tayyorgarlik ko’rishi, uz ustida tinmay ishlashi, ya’ni bilim saviyasini, madaniyatini, ilmiy adabiyotlar, yangi dasturlar, badiiy adabiyotlar, teatr, muzeylarga borib (tinmay) ongini oshirish yullarini takomillashtirib borishi lozim. Musiqa darslari olib boriladigan sinf xonasini did bilan namunali jixozlangan bulishi muxim rol uynaydi. Texnika vositalari, metodik kurgazmali kurollar, pianino cholgu asbobi va o‘zbek xalk cholgu asboblari bilan jixozlangan bulishi, yangi dasturdan foydalanib, dars reja konspektlarini tuzib yangi texnologiyani kullab olib borilishi kerak. Shunday kilib, musiqa darslarining barcha faoliyatlarini maksadi va mazmuni darsni mavzularini yoritib, xayot bilan boglab, darsning xamma kismlarini bir-biri bilan uzviy olib borishni talab etiladi. Musiqa darsi boshka darslardan uzining badiiyligi, kizikarliligi va bolalarga kuprok ijodiy zavk, emotsional tuygular va obrazli kechinmalar uygotishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun musiqa darsi eng avvalo, tarbiya darsidir. Musiqa darslari kuyidagi spetsifik xususiyatlari bilan boshka darslardan fark kiladi: U musiqa nazariyasi va ijrochiligiga doir turli faoliyatlardan: vokal–xor mashgulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, bolalar cholgu asbobida chalish, ritmik xarakatlar bajarish elementlaridan iboratdir. Musiqa boshka sana’t turlaridan uzining ifoda vositalari, ya’ni «tili» bilan fark kiladi. Agar badiiy adbiyot suz bilan tasviriy san’at ranglar bilan, raks san’ati xarakat bilan ifodalansa, musiqa esa mantikiy tovushlarda vujudga kelgan oxang vositasida ifodalanadi. Yukoridagi san’at turlarini kurish va eshitish orkali idrok etsak, musiqani fakatgina dikkat bilan tinglabgina ifoda etamiz. Shuning uchun kuzi ojiz kishilardan xam yetuk musiqachilar yetishib chikkan. Musiqa anik vakt ulchovi bilan boglangan san’atdir. Shuning uchun, ijro etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning xar bir elementini dikkat bilan tinglamasak, asarni mukammal idrok etolmaymiz. Mumtoz asarni kayta-kayta tinglaganda uning yangi-yangi badiiy kirralarini xis etamiz. Musiqa bolalarga aktiv emotsional ta’sir kursatadi, kuvontirdi xamda ijodiy kechinmalar uygotadi. Yaxshi, mazmunli, kizikarli musiqa darsidan bolalar xordik chikarib, badiiy ozuka oladilar, kuvnok, xursand bulib chikadilar. Xullas, musiqa darsi uzining актив psixologik ta’siri bilan boshka fanlardan fark kiladi. Shuningdek, musiqa darsi boshqa fanlar bilan xam chambarchas bog’liqdir. Tasviriy san’at, adabiyot, ona tili, matematika, tarix, pedagogika, psixologiya, vokal, ritmika va boshqalar. Bular musiqa darsini xayot bilan bog’lashga, mazmunli, qiziqarli qilib darsni olib borishga yordam beradi. Musiqa darsi uzining aralash darsi tipi bilan xam, boshka fanlardan farq qiladi. Musiqa darsining strukturasi 3 asosiy faoliyat turidan: musiqa tinglash, musiqa savodi va xor bulib kushik kuylashdan iborat. O‘rta sinflarda dars (strukturasi) 3 ta asosiy faoliyatlardan tuziladi: Xor bulib kuylash. Musiqa savodi. Musiqa tinglashdan iborat. Download 25.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling