1-Mavzu: Musobaqa turlari. Reja


Chiqib ketish sistemasi bo`yicha musobaqalar o`tkazish


Download 63.93 Kb.
bet3/12
Sana22.11.2023
Hajmi63.93 Kb.
#1794004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-Mavzu Musobaqa turlari. Reja-fayllar.org

Chiqib ketish sistemasi bo`yicha musobaqalar o`tkazish. Bu sistema
bo`yicha musobaqalar o`tkazilganda uchrashuvda yutqazgan jamoa keyingi
uchrashuvlarda qatnashmaydi. Natijada musobaqa oxirida biror marta ham
yutqazmagan jamoa qoladi. Ana shu jamoa g`olib hisoblanadi. Oxirgi (final)
uchrashuvda g`olib jamoaga yutqazgan jamoa ikkinchi hisoblanadi. Bu sistemaning
afzalligi shundaki, agar 64 jamoa bilan aylanma sistema bo`yicha
musobaqao`tkazish uchun 63 kalendar kuni talab qilinadigan bo`lsa, chiqib ketish
sistemasi bo`yicha esa faqat 6 kalendar kunining o`zi kifoya. Lekin u bir qator
kamchiliklarga ham ega. Bu sistema barcha jamoalarning haqiqiy o`yinlarini
aniqlash imkonini bermaydi va shu usul qo`llanilganda aksariyat jamoalar juda kam
uchrashuvlarda qatnashadi.
Birorta kuchli jamoa birinchi kunning o`zida mag`lubiyatga uchrab,
musobaqalardan chiqib ketishi mumkin. Chiqib ketish sistemasi bo`yicha



o`tkazilgan musobaqalarda hamma uchrashuvlar biror jamoaning g`g`alabasi bilan


tugallanishi lozim.
Aylana sistema. Musobaqalar aylanma sistemada o`tkazilganda hamma
jamoalar bir-birlari bilan bir, ikki yoki undan ham ko`proq uchrashib chiqishlari
mumkin. Pirovardida butun musobaqa davomida eng ko`p ochko to`plagan jamoa
g`olib chiqadi.
Aylanma sistema eng takomillashgan sistema hisoblanadi. Chunki u faqat
birinchi o`rinni egallagan jamoanigina aniqlab qolmay, balki musobaqada
qatnashayotgan hamma jamoalarning tayyorgarligiga qqarab munosib o`rinlarni
aniqlab beradi. Bu sistema qatnashuvchilardan katta tayyorgarlikni va
basketbolchilarning butun musobaqa davrida yuqori sport formasida bo`lishlarini
talab qiladi. Aylanma sistemaning salbiy tomoni – musobaqa o`tqazish uchun ko`p
vaqt talab qilish idir. Vaqtdan yutish uchun jamoalarni bir nechta guruhlarga bo`lish
mumkin.

Download 63.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling