1-mavzu: Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi (2 soat) Reja


 Kasb-hunarga yo’naltirishga oid o’yin va tadbir turlari


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana17.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1025344
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi (1)

3. Kasb-hunarga yo’naltirishga oid o’yin va tadbir turlari. 
Guruhlarga amaliy ish topshiriqlari: 
1. “Piktogramma” o’yini orqali kasblar haqida ma’lumot berish.
2. “Mo’jizalar maydoni” o’yini orqali kasblar haqida ma’lumot berish.
3. “Ha-yo’q” o’yini orqali kasblar haqida ma’lumot berish.
4. “Mimik rollar” o’yini orqali kasblar haqida ma’lumot berish.
5. “Kasblar alifbosi” o’yini orqali kasblar haqida ma’lumot berish.
“Piktogramma” o’yini. Piktogramma o’yinida turli kasb egalarining rasmlari 
tasvirlangan kartochkalar o’quvchilarga tarqatiladi. O’quvchilar tasvirlangan rasmdagi 
kasb egalari to’g’risida ma’lumot berishlari kerak. Tasvirlangan kasb nomini, qanday 
ish bilan shug’ullanishi va qayerlarda ishlashlari to’g’risida bilganlarini gapiradi. 
O’quvchilar tomonidan berilgan javoblarni o’qituvchi qo’shimcha ma’lumotlar bilan 
to’ldiradi. Agar o’quvchilar kartochkalarda tasvirlangan kasb egalarining nomlarini 
topmasa bu kartochka boshqa o’quvchiga beriladi. O’yin shu tariqa davom ettiriladi.
“Mo’jizalar maydoni” o’yini. Mo’jizalar maydoni o’yinida kasb nomlaridagi 
harflar sonini hisobga olib qog’ozga katakchalar chiziladi. O’ylangan kasb nomi shu 
katakchalar soniga teng kelishi kerak. O’quvchilar katakchalarning soniga qarab 
harflarni aytishadi. O’qituvchi o’quvchilar aytgan harflarni katakchalarda borligini 
ko’rsatadi. Keyin o’quvchilar qolgan harflarni ham aytib o’tishadi. Oxirida o’quvchilar 
kasb nomini topishadi.
“Ha-yo’q” o’yini. Ha-yo’q o’yinida o’qituvchi turli kasb nomlarini qog’ozga 
yozadi. O’quvchilar qog’ozda yozilgan kasblarni nima ish qilishlari, qayerlarda 
ishlashlari, nima bilan shug’ullanishlari to’g’risida savollar beradi. O’qituvchi 
o’quvchilarning javoblariga qarab to’g’ri topgan bo’lsa “ha” deb, noto’g’ri topgan bo’lsa 
“yo’q” deb javob beradi. O’quvchilar aniq bir yo’nalishni topgandan so’ng shu yo’nalish 
bo’yicha savollarni davom ettirishadi. Natijada o’quvchilar kasb nomlarini topishadi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling