1-мавзу-назарий pdf


Download 37.67 Kb.
bet6/10
Sana30.12.2022
Hajmi37.67 Kb.
#1073241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu maruza

Surash va suxbat metodi.


Tibbiyotda eng keng kullaniladigan usul bulib amaliy axamiyati kattadir. Surash va suxbat metodi psixik xodisalarning asosan ichki, sub’ektiv tomonini tekshirish uchun kullaniladi. Bu metodda tadkikotchi suxbat vaktida tekshiriluvchi kishiga beriladigan savollarni oldindan belgilab oladi. Savollar shunday tartib bilan tanlab olinadiki, tekshiriluvchi kishida kaysi kechinmalar va ong jarayonlarini urganish kerak bulsa, u uz javoblarida xuddi usha kechinmalarni va Usha ong jarayonlarini oydinlashtirib beradi. Tekshirishning kanday borishiga va tekshiriluvchi kishining individual xususiyatlariga karab, suxbat vaktida savollarni uzgartirish, tuldirish, boshkacha kilib berish mumkin. Ayni vaktda tadkikotchi tekshiriluvchi kishini kuzatib,. masalan, nutkning xususiyatlarini, mimikasini va shunga uxshash xususiyatlarni kayd kipib turadi. Iloji bulsa, tekshiriluvchi kishining javoblari magnitofon tasmasiga yozib olinadi. SHu tarika tuplangan dastlabki material sistemaga solinadi, statistik jixatdan ishlab chikiladi, taxlil kilinadi, tasnifga solinib xulosa chikariladi.
Tibbiy psixologiyada yukorida keltirilgan asosiy tekshirish usullaridan tashkari, test tizimlari xam kullaniladi. Bu test tizimlari shaxsning ikkita asosiy xususiyati, intellekti va xarakteridagi xususiyatlarni fark kilishga imkon yaratadi.

Bine-Simon testlar tizimi.


Bu test tizimi bemorning pasport yoshiga mos kilib tuzib chikiladi. Test savollari va javob-etalonlar tekshiriluvchining tashki va ichki dunyo-karashlarini inobatga olib mutaxassis tomonidan tuziladi. Bu test yordamida bemorning akliy rivojlanishi, javob va xarakat reaksiyalari aniklanadi. Test 30 dan 50 gacha savol va 120 dan 200 gacha javobni uz ichiga oladi. Bu tizimga muammoli masalalarni xam kiritishimiz mumkin. Tekshiriluvchining berilgan savollarga yoki jumbok masalalarni echish soniga karab javob ballari va foizi kuyiladi. Agar tekshiriluvchi berilgan topshirikning 70 foiziga javob bersa, unda uning akliy rivojlanishi, intellekti, dunyokarashi pasport yoshiga mos deb, tekshiriluvchi topshirikning 70 foizdan kam kismiga javob bersa, u xolda bu shaxsda akliy etishmovchilik yoki oligofreniya kasalligi mavjud deb karaladi. Bu test tizimining yutugi kiska vakt ichida shaxsning xarakteri, intellekti xakida ma’lumotga ega bulinadi, kamchiligi esa bunda shaxsning rivojlanish muxiti va shart-sharoiti xisobga olinmaydi.

Download 37.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling