1-Mavzu: Nazariy mexanika fani, qisqacha tarixi, maqsadi, vazifalari, tushunchalari va aksiomalari


Download 212.35 Kb.
bet2/5
Sana07.02.2023
Hajmi212.35 Kb.
#1175524
1   2   3   4   5
Bog'liq
4d4c81830d1b4784be277dcf8fa7fed7

4-aksioma. Agar ikkita jism bir birlariga ta`sir ko’rsatayotgan bo’lsalar-u, ular muvozanat holatda bo’lsalar, ularning bir birlariga ta`sir kuchlarining son qiymatlari teng, yo’nalishlari qarama qarshi bo’lib, bir to’g’ri chiziqda yotadilar (1.4rasm). Bu aksiomani ta`sir va aks ta`sir aksiomasi deyiladi, va qoyidagicha ifodalanadi.




  1. - rasm.

(1.1)
Endi biz shu yuqoridagi 4-ta aksiomalarga asoslanib, yangi - yangi xulosalar va gipotezalarni isbot qilishga o’tamiz, masalan qoyidagi qoidani isbot qilaylik
1 - Qoida. Absolyut qattiq jismning biror nuqtasiga qoyilgan har qanday kuch vektorini o’z ta`sir chizig’i boylab shu jismning ixtiyoriy boshqa bir nuqtasiga ko’chirib qoysak, jismning holati o’zgarmaydi.
Ushbu qoidani isbot qilish uchun, yuqoridagi 1-nchi va 2-nchi aksiomalardan foydalanamiz. Faraz qilaylik absolyut qattiq jismning A - nuqtasida kuch vektori ta`sir yetsin. Endi shu kuch vektorini jismning holatini o’zgartirmasdan uning ta`sir chizig’i boylab joylashgan boshqa V - nuqtaga ko’chirish zarur bo’lsin (1.5-rasm).

1.5-rasm.
Buning uchun V nuqtaga kuchining ta`sir chizig’i boylab joylashgan, son qiymatlari boyicha unga teng bo’lgan o’zaro muvozanatlashuvchi ikkita va kuchlarni qoyamiz (1.6-rasm). Ikkinchi aksiomaga asosan bu bilan jismning holati o’zgarmaydi.
Endi va kuchlari ham muvozanatlashuvchi kuchlar bo’lganliklari sababli, ikkinchi aksiomaga asosan ularni shu jismdan olib tashlasak, qattiq jismning mexanik holati o’zgarmaydi.
Lekin qattiq jismning mexanik holati saqlanib qolgan bo’lishiga qaramasdan, yendi jismga A nuqtada yemas, balki shu kuchning ta`sir chizig’ida yotuvchi boshqa V nuqtada joylashgan kuchi ta`sir yetmoqda. kuchining son qiymati va yo’nalishi kuchi bilan bir xil, lekin uning qoyilgan nuqtasi boshqa.

1.6-rasm.
Bundan qoyidagi xulosani keltirib, chiqaramiz, ya`ni qattiq jismga ta`sir yetuvchi har qanday kuchni o’z ta`sir chizig’i boylab, bir nuqtadan ixtiyoriy boshqa nuqtaga ko’chirilganda uning mexanik holati o’zgarmas yekan. Bu xossadan juda keng foydalaniladi, shuning uchun ham unga alohida ye`tibor berilmoqda.
Statika qismida asosan ikkita masala yechiladi:

  1. Qattiq jismga ta`sir yetayotgan kuchlar sistemasini qo’shish va ularni sodda holga keltirish;

2) Qattiq jismga qoyilgan kuchlar sistemasining muvozanatlik shartini tekshirish;
Statika masalalari grafik usulda, geometrik usulda yoki analitik usulda echilishi mumkin, lekin hozirgi kunda kompyuterlar yordamida analitik usulda echish keng tarqalgan, grafik usul deyarli qo’llanilmay ketgan.


Download 212.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling