1-Mavzu: Nazariy mexanika fani, qisqacha tarixi, maqsadi, vazifalari, tushunchalari va aksiomalari
Erkin, qisman erkin va mutloq yerksiz jismlar
Download 212.35 Kb.
|
4d4c81830d1b4784be277dcf8fa7fed7
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. 1.5. Bog’lanish, ularning turlari va bog’lanish reaktsiyalari.
1.4. Erkin, qisman erkin va mutloq yerksiz jismlar.
Agar berilgan qattiq jism unga ta`sir yetayotgan kuchlar tufayli, fazoning ixtiyoriy tomoniga harakat qila olsa bunday jism erkin jism deyiladi. Agar uning harakati ma`lumdarajada cheklangan bo’lsa bunday jismlar qisman erkin deyiladi. Masalan temir yo’l vagoni faqat shu temir yo’l boylab harakat qila oladi xolos, yegri trubkaning ichida joylashgan sharcha faqat shu trubkaning ichi boylab harakat qila oladi xolos, ya`ni ularning erkinligi chegaralangan. Agar jism mutloq harakatsiz bo’lsa, ya`ni uning harakati mutloq cheklangan bo’lsa bunday jismlar yerksiz jismlar deyiladi. 2. 1.5. Bog’lanish, ularning turlari va bog’lanish reaktsiyalari. Erkin jismda bog’lanish bo’lmaydi, shu sababli u hohlagan tomonga harakat qila oladi. Qisman erkin va mutloq yerksiz jismlar boshqa bir, yoki bir nechta jismlar orqali bog’langan holda bo’ladilar. Shuning uchun shu qattiq jismlarning erkinliklarini chegaralovchi boshqa jismlarni bog’lanishlar deyiladi. Agar jism o’zining erkinligini chegaralovchi boshqa jismga, ya`ni bog’lanishga nisbatan biror kuch bilan ta`sir yetsa, o’z o’rnida bog’lanish hisoblangan boshqa jism ham unga aks ta`sir ko’rsatadi, shu aks ta`sir kuchini bog’lanish reaktsiyasi deyiladi. Ya`ni bog’lanish reaktsiyasi ham kuch vektori bo’lib, ushbu kuch faqat aks ta`sir sifatidagina mavjud bo’ladi, agar jism bog’lanishga kuch ta`sir yetmasa, ya`ni bog’lanish olib tashlansa uning reaktsiyasi ham nolga teng bo’ladi. Demak bog’lanish reaktsiyasi faqat jismning unga ko’rsatgan kuch vektoriga tegishli ravishda paydo bo’ladi, va ushbu ta`sir yo’qolsa reaktsiya kuchi ham yo’qoladi yoki o’z yo’nalishi va son qiymatini tegishlicha o’zgartirishi mumkin. Agar bog’lanish olib tashlansa reaktsiya kuchi ham o’z o’zidan yo’qoladi. Yuqoridagilarga asosan kuchlarni yendi ikki guruhga ajratamiz, bog’lanishlar bormi yo’qligidan qat`iy nazar jismga ta`sir yetuvchi kuchlarni aktiv kuchlar deyiladi, masalan og’irlik kuchi, bog’lanishlarning jismga ko’rsatadigan aks ta`sir kuchlarini reaktsiya kuchlari deyiladi. - rasm Bog’lanishlarning turlari juda ko’p, shunga ko’ra ularning reaktsiyalari ham turlicha bo’ladi, reaktsiyalarining son qiymatlarini har bir masaladagi ta`sir yetayotgan kuchlar sistemasiga bog’liq ravishda aniqlanadi, lekin shu bog’lanishlarning reaktsiya kuchlari vektorlarining yo’nalishlari har doim bir xil bo’ladilar. Shuning uchun bog’lanishlarning reaktsiya kuchlarini yo’nalishlarini qanday qilib aniqlashni ko’rib o’taylik.
Ip, arqon va trosdan iborat bog’lanish. 1.8-rasm. Bunday bog’lanishlarning reaktsiyalari har doim faqat shu arqon, ip yoki trosning taranglik chiziqlari boylab yo’naladilar. 3. Silindrsimon sharnirli (podshipnikli) bog’lanish (1.9 a-rasm). 1.9-rasm Bunday bog’lanishlarning reaktsiya kuchlari ikkita tashkil yetuvchilardan iborat bo’lib, ular sharnir o’qiga perpendikuyar tekislikda yotuvchi ixtiyoriy ikkita o’zaro perpendikulyar o’qlar boylab yo’naladilar, amalda doimo Ox va Ou o’qlari boylab yo’naltiriladi. Sharsimon sharnir va tovonlardan iborat boglanishlar (1.9 b, v-rasm). Bunday bog’lanishlar bilan bog’langan jismlarga uchta tashkil yetuvchidan iborat reaktsiya kuchi ta`sir yetadi, va ular sharsimon sharnirning markazidan o’tuvchi o’zaro perpendikulyar bo’lgan uchta o’qlar boylab yo’naladilar. Amalda reaktsiya kuchining tashkil yetuvchilari qoidaga ko’ra Ox, Ou, Oz o’qlar boylab yo’naltiriladi. Ingichka sterjenlardan iborat bog’lanishlar. 1.10-rasmda AB sterjen tasvirlangan. 1.10-rasm. Bunday bog’lanishlar jismga faqat shu sterjening o’qi boylab yo’nalgan qarshilik kuchi ko’rsata oladilar xolos, shunga ko’ra ularning reaktsiya kuchlari faqat sterjenlar o’qi boylab yo’naltiriladi. 6.Sferasimon silliq yuzadan iborat bog’lanish (1.7 a-rasm). Bunday bog’lanishlar jimslarga faqat normal yo’nalishdagi reaktsiya kuchi (qarshilik kuchi) ko’rsata oladilar xolos, shunga ko’ra jism bilan sferik yuza tutashgan nuqtadan urinma o’q o’tkaziladi va reaktsiya kuchini shu nuqtadan boshlab urinma o’qqa perpenldikulyar (normal) ravishda yo’naltiriladi. Umuman bog’lanishlarning yana boshqa turlari ham uchrashlari mumkin, lekin ishchi dasturimizga ko’ra faqat shu bog’lanishlar bilangina amaliy mashg’ulotlar o’tkazish rejalashtirilgan xolos. Download 212.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling