Ichki yonuv dvigatellari uchun muqobil yonilg'ilar.Hozirgi paytda neft va gaz asosiy yonilg'ilar xisoblanadi, lekin ko'pchilik olimlarning tadqiqotlariga qaraganda ularning zaxirasi 80-100 yilga yetishi mumkin. Atom quvvatidan foydalanish keyingi yillarda keskin oshishiga qaramasdan uni avtomobil yoki traktor dvigatellarda qo'llash masalasi hali yechimini topmadi. Quyosh, shamol, suv energiyalari elektr quvvatiga aylantirilib, so'ngra ishlatish mumkin. Lekin qattik foydali qazilmalardan ham suyuq yonilg'i olish imkoniyaglari mavjud.
1.4- jadvalda dunyodagi yonilg'i-energetik resurslarning zaxirasi keltirilgan.
1.10 – jadval Jahondagi yonilg'i-energetik resurslarining zaxirasi
(N.V.Melnikov va N.S.Zenkislar ma'lumotlari, MDH davlatlaridan tashqari)
Ресурслар тури
|
|
Kutilayotgan zaxira
|
|
Naturalhisobda, mlrd .t
|
Shartli hisobda, mlrd .t
|
Shartli , foiz
|
Ko’mir
Neft
Tabiiygaz
Torf
|
16000
520
18 *1013
261
|
11210
743
229
98
|
90,44
6,0
1,85
0,79
|
Jami
|
|
12394
|
100,0
|
Neft resurslarining cheklanganligi munosabati bilan keyingi vaqtlarda avtotraktor IYODlarida neft bo'lmagan xom ashyolardan olinadigan suyuq yonilg'ilarni qo'llash kengayib bormokda. Sof xolda yoki neftdan olinadigan yonilg'ilar bilan aralashtirilgan xolda qo'llaniladigan asosiy suyuq, yonilg'ilar quyida keltirilgan.Slanetslar va bitumlardan olinadigan yonilg'ilar. Ularni mahalliy turlar deb qarash mumkin, chunki ularning xossalari ko'p jixatdan olingan joy xususiyatlariga va mazkur yonilg'ilarni hosil qilishda qo'llaniladigan texnologiyaga bog'liqdir. Slanetsdan olingan sintetik motor yonilg'isining ko'rsatkichlari 1.5-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |