I oldingi miyadan taraqqiy etuvchi I va II juft asablar. Ular bosh miya o'simtalari bolib, hidlov asabi hidlov miyasidan, koLruv asabi esa oraliq miyadan taraqqiy etadi.
bosh miotomlari biIan aloqada taraqqiy etuvchi (III, IV, VI juft) asablar. Bu asablar boshning oldingi uchta somitidan taraqqiy etgan ko‘z olmasi mushaklarini inasabatsiya qiladi.
visseral ravoqlar asablari (V, VII, IX, X juft). Bu asablarning tugunlari bo’lib, ularda soxta unipolyar hujayralar joyIashgan. Ularning taraqqiyoti ortqi miya bilan bogdiq. Ularning tarkibida sezuvchi tolalardan tashqari harakatlantiruvchi tolalar ham bo‘lib, visseral apparat mushaklarini inasabatsiya qiladi. Shuning uchun ularni visseral ravoqlar asablari deyiladi.
Vjuft — I-visseral ravoq asabi. VII juft — II-visseral ravoq asabi. IX juft III visseral ravoq asabi. X juft IV va keyingi ravoqlar asabi. XI juft qo‘shimcha asab o‘z taraqqiyotida X juft asabdan ajralib chiqqani uchun shu guruhga kiritiladi. VIII juft asab taraqqiyoti davrida VII asabdan ajralib chiqqan sezuvchi asab hisoblanadi.
IV3—4 ta orqa miya asablarining qo‘shilishidan hosil bo'Iadigan XII juft til osti asabi.
Sezuvchi bosh miya asablari
juft — hidlov asabi (nn. olfactorius) burun bo‘shlig‘i hidlov sohasining shilliq pardasida joylashgan hidlov hujayralarining markaziy o‘simtalaridan iborat. Ular 15—20 ta ingichka hidlov asablarini hosil qilib, g'alvirsimon suyakning ilma-teshik plastinkasidan o‘tib hidlov piyozchasida (bulbusplfactorii) tugaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |