1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2


IV juft — g‘altak asabi (n. trochlearis)


Download 1.26 Mb.
bet22/116
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1408609
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   116
Bog'liq
Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi.

IV juft — g‘altak asabi (n. trochlearis) harakatlantiruvchi asab. Uning bitta harakatlantiruvchi o‘zagi o‘rta miya tomi ostida pastki tcpachalar sohasida joylashgan. Asab miya asosidan yuqorigi rniya yelkanining lateral tomonidan chiqadi va miya oyoqchasini tashqi tomonidan aylanib o'tib oldinga yo'naladi. Asab kalla bo‘shlig‘idan ko‘z kosasining yuqorigi tirqishi orqali ko‘z kosasiga kiradi va ko'zning ustki qiyshiq mushagini (m. obliquussuperior) inasabatsiya qiladi.
VI juft — uzoqlashtiruvchi asab (n. abducens) harakatlantiruv­chi asab. Uning yagona o‘zagi ko‘prikda joylashgan. Asab mi­ya asosidan ko‘prik bilan uzunchoq miyaning o‘rtasidagi egatdan chiqadi. Oldinga yo‘nalib, ko‘z kosasining yuqorigi tirqishi orqali ko‘z kosasiga kiradi va ko‘zning lateral to‘g‘ri mushagini (m. rectuslateralis) inasabatsiya qiladi.

  1. juft — qo‘shimcha asab (n. accessorius) harakatlantiruvchi asab. Uning ikkita o‘zagi bo‘lib, bittasi uzunchoq miya sohasida, ikkinchisi orqa miyada joylashgan. Uzunchoq miyadan asab bosh miya ildizi, orqa miyadan esa orqa miya ildizini hosil qilib chiqa­di. Orqa miya ildizi (radix spinalis) yuqoriga ko'tarilib katta teshik orqali kalla ichiga kiradi va bosh ildizi (radix cranialis) bilan qo'shiladi. Hosil bo‘lgan qo‘shimcha asab ikki shoxga bo'linadi. fchki shox (r. internus) adashgan asabga qo‘shiladi. Tashqi shox (r. externus) bo‘yinturuq teshigi orqali tashqariga chiqadi. Teshikdan chiqqanidan so‘ng asab orqa tomonga yo‘nalib trapetsiyasimon va to‘sh-o‘mrov-soTg‘ichsimon mushaklarni inasabatsi­ya qiladi.

  2. juft til osti asabi (n. hypoglosus) harakatlantiruvchi asab. Uning bitta harakatlantiruvchi o‘zagi uzunchoq miyada joylash­gan. Asab uzunchoq miyadan piramida bilan olivaning oTtasidan chiqadi. Kalla bo‘shlig‘idan o‘z nomidagi kanal orqali chiqib, ravoq hosil qilib oldinga va yuqoriga tilga qarab yo‘naladi. Til ichida til shoxlariga (r. linguales) bo’lib, til muskullarini ina­sabatsiya qiladi. Til osti asabidan chiquvchi (r. superior) bo'yin chigalining ko'tariluvchi shoxi bilan qo‘shilib, bo‘ym sirtmog‘inihosil qiladi. Lining shoxlari til osti suyagidan pastda joylashgan muskullarni inasabatsiya qiladi.

Aralash bosh miya asablari

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling