1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2


Download 1.26 Mb.
bet24/116
Sana30.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1408609
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   116
Bog'liq
Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi.

Ko‘z asabi (n. ophtalmicus) tugundan boshlanib, ko'z kosasining yuqorigi tirqishi orqali ko'z kosasiga kiradi. Ko'z kosasiga kirgunicha undan miya qattiq pardasiga (r. meningeus) chiqib miyacha chodiriga tarqaladi. Ko'z asabi ko'z kosasida peshana, ko'z yoshi va burunkiprikli asablarga bo'linadi:
1. Ko‘z yoshi asabi (n. lacrimalis) ko'z kosasining lateral devori bo'ylab yo'naladi. Uning shoxlari ko'z yoshi bezini, ko'zning late­ral burchagi, ustki qovoq terisini va konyunktivasini inasabatsiya qiladi. Asab ko‘z yoshi beziga kirishdan oldin yonoq asabidan qo‘shuvchi tola oladi.

  1. Peshana asabi (n. frontalis) ko'z kosasining ustki devori ostida yotib ikki shoxga bo'linadi: a) ko‘z kosasining ustki asabi (n. Supra orbitalis) o‘z nomidagi o‘yma orqali chiqib medial va late­ral shoxlarga bo'linadi. Bu asab peshana terisini inasabatsiya qila­di; b) g‘altak usti asabi (n. Supra trochlearis) ko'z olmasining ust­ki qiyshiq mushagi ustidan o'tib, burun ildizi, peshananing pastki qismi, ustki qovoq, ko‘zning medial burchagi terisini va konyunktivani inasabatsiya qiladi.

  2. Burun-kiprikli asab (n. nasociliaris) ko'zning medial to'g'ri va ustki qiyshiq muskullari o‘rtasidan yo‘nalib quyidagi shoxlarga bo'linadi: a) oldingi va orqa g'alvirsimon asablar (nn. Ethmoidales anterior et posterior) g'alvir suyak katakchalari shilliq pardasiga; b) burun shoxlar (rr. nasalis) burun bo‘shlig‘i oldingi qismi shil­liq pardasiga; d) 2—4 ta uzun kiprikli asablar (nn. Ciliares longi) oldinga tomon yo'nalib ko‘z olmasining oqliq va tomirli pardasi­ga boradi; e) g‘altak osti asabi (n. Infra trochlearis) ustki qiy­shiq muskul ostidan o'tib ko'zning ichki burchagi va burun ildizi terisini inasabatsiya qiladi; f) qo‘shuvchi shoxlar (r. conimunicans) sezuvchi tolalardan iborat bo'lib, kiprikli tugunga boradi.

Kiprikli tugun (ganglion ciliare) parasimpatik asab tizimi tarkibiga kiradi. Undan chiqqan 15—20 ta kalta kiprikli asablar (nn. cilliares breves) ko'z olmasini sezuvchi va vegetativ inasabalsiya qiladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling