1-mavzu: Oddiy va murakkab moddalar. Kimyoning asosiy qonunlari va texnikada qo’llanilishi va ahamiyati. Molekula
Download 332.77 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu.-Amaliy-mashgulot
Avogadro qonuni.Tabiiy bilishning asosiy qonunlaridan biri — Avogadro
qonuni italyan olimi Avogadro tomonidan 1811 yilda maydonga tashlangan: Bir xil sharoitda (bir xil temperatura va bir xil bosimda) va baravar hajmda olingan turli gazlarning molekulalar soni o’zaro teng bo’ladi. Bu qonunni shuningdek, konsentratsiya uncha katta bo’lmagan holatlarda ionlar va ionlashgan gazlar elektronlari uchun qo’llash mumkin. Keyinchalik (1850 yil o’rtalarida) Jerar tomonidan Avogadro qonuniga asoslanib, gaz holatdagi moddalarning kimyoviy tarkibiga bog’liq bo’lmagan holda molekulyar massasini aniqlashning ikki yo’lini ko’rsatildi:
hajmni egallaydi (OC, 760 mm. sim. ust.). v = 22414 sm 3 /mol = 22,4 l/mol yoki 22,4 m 3 /kmol.
Bu miqdor gazlarning molyar xajmi deyiladi. 2-yo’l: Gazsimon moddaning molekulyar massasi uning vodorodga nisbatan zichligini ikkiga ko’paytirilganiga teng (aniqrog’i 2,016). ) (
, 2 2 2 2
D M M х x H x H
bu yerda: D X (H 2 ) - X gazining vodorodga nisbatan zichligi yoki X va H
2 gazlari zichliklarining nisbati, bu oddiy fizik ekcperiment bilan aniqlanadi. 1908-1910 yillarda fransuz olimi Perren tomonidan birinchi bo’lib 10 g molekula gazdagi (n.sh.da) molekulalar soni aniqlandi: N = 6,02 • 10 23 mol –1
Bu son Avogadro soni deb ataladi. 1. Tarkibning doimiylik qonuniga binoan: A) bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari bilan farq qiladi;
B) fizik hodisalarda molekulalar saqlanib qoladi, kimyoviy hodisalarda esa parchalanadi; C) har qaysi kimyoviy toza modda qayerda bo`lishidan va olinish isulidan qat’i nazar bir xil o`zgarmas tarkibga ega bo`ladi; D) molekulaning massa atom birliklarida ifodalangan massasi moddaning molekulyar massasi deyiladi. 2. Tariflardan qaysi biri M.B. Lomonosov kashf etgan moddalar massasining saqlanish qonunini ifodalaydi? A) har qaysi kimyoviy toza modda qayerda bo`lishidan va olinish usulidan qat’i nazar bir xil o`zgarmas tarkibga ega bo`ladi; B) kimyoviy reaktsiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo`lgan moddalarning massasiga teng; C) kimyoviy elementlarning hamda ular hosil qiladigan oddiy va murakkab moddalarning xossalari shu element atomlari yadrosi zaryadining miqdoriga davriy ravishda bo`gliqdir; 3. Moddalar massasining saqlanish qonunini qaysi olimlar kashf etgan? 1) M.V.Lomonosov; 2) A.L.Lavuaze; 3) D.Dal’ton; 4) J.Prust. A) 1,4; B) 2,3; C) 3,4; D) 1,2. 4. Moddalar massasining saqlanish qonunini tajribada isbotlash uchun M.V.Lomonosov qanday asbobdan foydalangan? A) stakan; B) kolba; C) silindr; D) retorta. 5. Atom – molekulyar ta’limotga asosan: 1) fizik hodisalar kimyoviy hodisalardan farq qilib fizik hodisalarda molekulalar saqlanib qolmaydi; 2) molekulalar atomlardan tarkib topgan; 3) kimyoviy hodisalarda molekulalar odatda parchalanadi; 4) kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo`lgan moddalarning massasiga teng bo`lmaydi; 5) molekulalar o`rasida o`zaro tortilish va itarilish kuchlari mavjud; 6) bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari bilan farq qilmaydi; 7) atomlar ham molekulalar singari to`xtovsiz harakatda bo`ladi. A) 1,4,5,6; B) 3,4,5,6; C) 4,5,6,7; D) 2,3,5,7.
Nazorat uchun savol va mashqlar. 1. «Korpuskula» va molekula o’rtasida qanday farq bor? 2. Kimyoviy element massasi energiyaga aylanishi mumkinmi? Javobingizni izohlang. 3. Tarkibning doimiylik qonuniga qanday moddalar bo’ysunadi? 4. H 3
4 va HCl ning ekvivalent massalarini hisoblang. 5. Gazning molyar hajmi deganda nima tushuniladi? 6. Modda massasining saqlanish qonunini mohiyati nimadan iborat? Mavzuga oid tayanch iboralar 1. Atom-molekulyar ta’limot 2. Tarkibning doimiylik qonuni 3. Atom 4. Karrali nisbatlar qonuni 5. Massaning saqlanish qonuni 6. Ekvivalentlar qonuni 7. Ekvivalent 8. Molyar hajm 9. Xajmiy nisbatlar qonuni 10. Nisbiy atom massa 11. Avogadro qonuni 12. Nisbiy molekulyar massa
Download 332.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling