elementlar massalari ham o’zgarmasdan qoladi.
1905 yilda Albert Eynshteyn (nemis olimi) jism massasi (m) bilan uning
energiyasi (E) orasidagi bog’lanishni ko’rsatish, moddalar massasining saqlanish
qonuniga faqat oddiy kimyoviy jarayonlar bo’ysunishini, yadroviy reaksiyalar esa
bunday qonuniyatdan chetlanishini ko’rsatdi. Ya’ni:
E = m •c
2
bu yerda: E - energiya o’zgarishi;
m - massa o’zgarishi;
c - yorug’lik tezligi (vaakumda 300 000 kmsek ga teng).
Energiya o’zgarishi kichik qiymatli bo’lganda massa uzgarishi nolga
yaqinlashadi, ya’ni o’zgarmaydi. Yadro reaksiyalarida esa energiya o’zgarishi juda
yuqori qiymatli bo’lganligi uchun massa o’zgarishi sezilarli o’zgarishini ko’rish
mumkin.Eynshteynning bu tenglamasi makro jismlar uchun ham, mikrozarrachalar
(masalan, elektronlar, protonlar) uchun ham taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |