Har qanday kimyoviy toza birikma olinish usulidan qat’iy nazar,
o’zgarmas miqdoriy tarkibga ega.
Toza suv tarkibida 11,11% vodorod va 88,89% kislorod bo’lib, suv OC da
muzlaydi, 100C da qaynaydi. Uning 4C dagi zichligi 1000 kgm
3
yoki 1 gsm
3
ga
teng.
Bertolening o’zgaruvchan tarkibli birikmalar mavjudligi haqidagi ta’limotini
XX asrning boshlarida akademik N.S.Kurnakov rivojlantirdi. U qotishmalar va
eritmalarda haqiqatan ham o’zgaruvchan tarkibli birikmalar bo’lishini isbot qildi
va ularni bertolidlar deb atadi, o’zgarmas tarkibli birikmalarni esa daltonidlar deb
atadi.
Tarkibning doimiylik qonuniga faqat molekula holidagi gaz, suyuqlik va
oson suyuqlanadigan qattiq moddalar bo’ysunadi. Atom tuzilishga ega bo’lgan
kristall moddalar va yuqori molekulyar birikmalar bo’ysunmasligi mumkin.
Tarkibning doimiylik qonunini quyidagicha ta’riflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |