1. Mavzu: Oqava suvlarga ishlov berish usullari (20. 03)
Mavzu Tozalash vaqtidagi ekologik tekshiruv va tabiyat muhofazasi
Download 0.92 Mb.
|
Elektr stansiyalarda suv TT 20.03dan
5. Mavzu Tozalash vaqtidagi ekologik tekshiruv va tabiyat muhofazasi.
Reja:
1. Tabiatni muhofaza qilish 2. Biosfera va taraqqiyot 3. Issiqlik elektr stantsiyalar tashlamalari va ularni atrof – muhitga ta’siri
Insoniyat faoliyati natijasida har yili atmosferaga (350-400) 106 tonna chang chiqarib yuboriladi, tabiiy ofatlar natijasida esa bu ko’rsatkichdan 10 barobar ko’p chang chiqarilib yuboriladi. Atmosferaga chiqarilib yuborilayotgan chang va boshqa chiqindilar koinotimiz bo’ylab notekis tarqalgan. SHahar joylarining changlanganligi qishloq joylariga qaraganda 9-10 marotaba yuqori. Masalan, okean ustidagi havoning changlanganligi 1 sm3 da 500 ta zarrachani tashkil etadi, shaharda esa 1 sm3 da 105 zarrachani tashkil etadi. Energetikani rivojlanishi natijasida yerning yuza qismi ham ifloslanmoqda. Toshko’mirda ishlovchi IES va qozon qurilmalari katta kultepalar hosil qilinib, 1 GVt quvvatga ega IES yiliga yuzasi 0,5 km2 va balandligi 2 metr bo’lgan kultepa hosil qiladi. Kultepalarni kulini qurilish materiallari sifatida foydalanish hozirgi davrda eng muhim masalalaridan biri. IES ning atrof muhitga zararli ta’siri avvalo katta miqdordagi kislorodni, yoqilg’ini yoqish uchun foydalanish va atmosferaga SO2 gazini chiqarib yuborish, shuningdek atmosfera haroratini ko’tarilishi bilan bog’liq. Bundan tashqari IES lar kul va zaharli gaz chiqindilari chiqaradi. IES chiqindilarida radioaktiv moddalar mavjud, masalan, radiy izotoplari. SHuning uchun IES atrofidagi radiatsion nurlanish AES atrofidagidan yuqori. IES va AES atrof muhitga zararli ta’sirlardan yana biri, kondensatordan chiqayotgan sovutish suvni suv havzalariga tashlab yuborishda sodir bo’ladi. Bu esa suv havzasining haroratini oshirishga va o’z navbatida mikroklimatini o’zgartirishga olib keladi, suvdagi tirik mavjudodlar hayotiga zararli ta’sir ko’rsatadi. Elektr stantsiyasidan chiqayotgan oqava suvlarni tozalash ham muhim muammolardan biri hisoblanadi. Buning uchun oqava suvlarni suv havzalariga tashlashdan oldin maxsus tozalash qurilmalarda yaxshilab tozalash zarur. Bu muammolarga ahamiyat bermaslik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, G’arbiy Yevropa mamlakatlardan oqib o’tuvchi Dunay va Reyn daryolari suvlarining ifloslanganlik darajasi juda yuqori va bu yerda yashaydigan aholi salomatligiga salbiy ta’sir etmoqda.
Quruq atmosfera qatlamiga quyidagi gazlar kiradi azot (79-80% hajmi bo’yicha), kislorod (19-20%), bundan tashqari argon, karbonat akgidrid gazi va boshqa elementlar (1%). Keltirilgan gazlardan tashqari atmosferada suv bug’lari va boshqa aralashmalar mavjud. Atmosfera qatlami yerni haddan tashqari sovib yoki qizib ketishdan saqlovchi qatlam vazifasini o’taydi. Undagi suv bug’lari va karbonat angidrid gazlarining borligi yerning issiqlik rejimiga qattiq ta’sir etadi. Atmosferadagi karbonatt angidrid gazining miqdori 0,03% qiymat bilan belgilanadi. Bu kattalik organizmlar yashovchanligi va yonish jarayonlari natijasida o’zgaradi. Katta shaharlarda karbonat angirid gazining miqdori foiz ko’rinishda 0,07 va undan yuqori qiymatlarga yetadi. Taxmin qilinishicha, har yili 5-10 mlrd.t. kislorod yoqilmoqda. havo tarkibi yillar davomida asta-sekin o’zgaradi. Lekin bu o’zgarishlar orqaga qaytarilib bo’lmaydigan xarakterga ega. Ayniqsa karbonat angidrid gazining atmosferadagi miqdorining ortishi tashvishli holdir. Kuzatish va hisoblashlarga qaraganda so’ngi yuz yillik davomida karbonat angidrid gazining miqdori 15% ga ortgan, bu 360 mlrd. tonnani tashkil etadi. BMT ning taxmnniga ko’ra, 2005 yilga kelib atmosferadagi karbonat angadrid gazining miqdori, elektr stantsiya, sanoat va transportdagi organik yoqilg’i yoqilishning ortishi hisobiga, 50% ga ortishi kutilmoqda. Bu gazlarning atmosferada to’planishi, o’simlik qatlami maydonlarining qisqarganligi va okeanni neft mahsulotlari bilan ifloslanganligi bilan izohlanadi. Agar qo’llanilayotgan birlamchi energiya manbalarini 100% deb hisoblasak, undan faqat 30-40% energiya olinadi, qolgan katta qismi issiqlik ko’rinishida yo’qotiladi. Energiya yo’qotishlar asosan hozirgi davrdagi energetik mashinalarning texnik tavsiflari bilan ifodalanadi. Rasm 9.1 Yonuvchi qazilmalarni yoqishdan hosil bo’layotgan tabiatdagi energiyaning aylanish sxemasi Energiya zahiralarini iste’moli tez sur’atlarda va dunyo ishlab chiqarishiga bog’liq ravishda o’smoqda. Taxmin qilinishicha, 2005 yilga kelib energiya zahiralarining iste’moli 160-240 ming TVtsoatni (ya’ni 20-30 mlrd. tonna shartli yoqilg’iga teng) tashkil etishi mumkin. 2005 yildan so’ng qolgan dunyo energiya zahiralari, yadro va termoyadro energetikasini hisobga olmagan holda, yana 100-250 yilga yetadi. Bu ma’lumotlar taxminan, lekin kelajakni ayrim ko’rinishlarini yoritib beradi. 31-rasmda energiya tashuvchilarni dunyodagi iste’moli to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Dunyoda energiya zahiralarini 2000 yilga kelib umumiy ishlab chiqarish 20 mlrd. tonna shartli yoqilg’iga teng bo’ladi deb kutishmoqda. Bu tizimda neft va gaz yuqori o’rin egallaydi va ishlab chiqarish energiya zahiralarini 3/5 qismini tashkil etadi; 1/5 qismini yadro yoqilg’isiga to’g’ri keladi, qolgan qismini boshqa qattiq yoqilg’ilarga to’g’ri keladi. Tabiiy o’simliklar qoplamlarining yerdagi maydonlarini qisqarishi haydalayotgan yer, shahar, transport yo’llari qurilishi va sun’iy suv havzalari maydonlarining kengayganliga bilan izohlanadi. hozirgi vaqtda har yili dengiz va okeanlarga 6 mln. dan 12 mln. tonna gacha neft, dengizdagi neft quduqlarida va tankerlarda sodir bo’layotgan avariyalar hisobiga to’kiladi. Bir tonna neft 12 km2 suvli hududni plyonka qatlami bilan qoplaydi. Neft plyonkasi hozirda dunyo okeanining 1/5 qismini qoplagan, bu esa atmosfera bilan okeanni bog’lanishini chegaralaydi. Mutaxassislar fikriga ko’ra, biosfera muammosini yechish va uni zahiralarini muhofaza qilish uchun, atrof muhitga inson tomonidan yetkazilayotgan o’zgarishlar to’g’risidagi bilimlarni oshirish zarur va bu zararli ta’sirlarni kamaytirish yo’llarini izlash kerak. So’nggi paytda energetika jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda, bu rivojlanishning yaqin vaqtda ham saqlanishi kuzatiladi. Elektr energiyani dunyo miqyosida ishlab chiqarilishi hozirgi rivojlanish bosqichida o’n yil davomida ikki baravar ortdi. Demak, yoqilayotgan organik yoqilg’ining miqdori ham ikki baravar ko’p sarflanmoqda. Issiqlik elektr stantsiyalar dunyodagi qazilma yoqilg’ining 40% ga yaqinini sarflayotganligi atrof–muhitga katta ta’sir ko’rsatmoqda (28.1-rasm). IESning ta’siri atmosferaga yonish mahsulotlaridagi zararli gazlar va kulni mayda qattiq zarrachalari, kul va shlakni xalos qilinishi va ifloslangan oqava suvlar hamda atmosferaga tutun gazlar va suv havzalariga gidrokul tashlanishi tizimlaridan, turbinalarning kondensatorlaridan aylanma suv bilan suv havzalariga ifloslarni tashlanishi kuzatilmoqda. Oxirgi jarayon ko’pincha «issiqlik ifloslanishi» deb aytiladi. Elektr stantsiyalardan tashlanayotgan turli moddalar biosferaga zararli ta’sir qilmoqda. SHu munosabat bilan IESlarning atrof–muhitga ta’sirini kamaytirish dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Bizning davlatimizda atrof–muhitni himoyalash bo’yicha qator chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Ularda, hozir yashab kelayotgan va kelajak avlodlar uchun himoyalash maqsadida va ilmga asoslangan holda, yerdan va uning boyliklaridan, suv resurslaridan va hayvonot olamidan oqilona foydalanish, hamda havo va suvlarni toza saqlash, tabiiy boyliklarni qayta tiklanishini ta’minlash va inson atrofidagi muhitni yaxshilash uchun qator qarorlar qabul qilinmoqda va bu ishlar amalga oshirilmoqda.
Elektr stantsiyalardan tashlanayotgan turli moddalar «biosfera» deb ataladigan tirik tabiatning butun majmuasiga zararli ta’sir qilmoqda. Biosfera yer yuzasiga yaqin joylashgan atmosfera qatlamidan, yerning ustki yuzasi va suv akvatoriyasidan iborat. Masalan, IESlarning gazsimon tashlamalarida zararli moddalarga azot oksidlari NOX=NO+NO2 va oltingugurt oksidlari SOX=SO2 +SO3 hamda chang va qattiq kul zarrachalari, vannadiy (V) oksidi V2O5 kiradi. Undan tashqari, yoqilg’ining chala yonishida tutun gazlarida uglerod (II) oksid, SN4 kabi uglevodorodlar, S2N4, benz(a)piren S20N12 va qorakuya (saja) bo’lishi mumkin (8.1-jadval).
9.1-jadval
Elektr stantsiyalarning oqava suvlarida erigan anorganik zaharli moddalar (kislota, ishqorlar), molekulali – erigan organik moddalar (moy qoldiqlari, suv bilan mazutning aralashishidan qolgan polimer- uglevodorod birikmalari), kolloid tizimlari, erigan gazlar, erimagan qattiq qo’shimchalar va boshqalar bo’lishi mumkin. Oqava suvlarning ko’p ifloslari suv havzalaridagi o’simlik va hayvonot dunyosi uchun zaharlidir, boshqalari esa parchalanishdan keyin suvdagi kislorodni faol yutib yuboradi, oqibatda biosferani nobud bo’lishiga asta-sekin olib kelishi mumkin. SHuning uchun IESlarning hamma oqava suvlari tozalanadi, tabiiy suv havzalariga tashlanishdan avval ularning ifloslanish darajasi nazorat qilib turiladi. Zamonaviy IES eng yirik suv iste’molchilardan biridir. Masalan. IESlarda 1 kVt-soat elektr energiyani ishlab chiqarish uchun 0.12 tonnadan ziyod suv kondensatorda bug’ni kondensatlashga sarfkanadi? Bu IESdagi hamma iste' IES tashlamalari, ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalariga ko’ra atrofdagi aholi ko’ziga uncha tashlanmaydi, ammo zararli ta’siri katta. Elektr stantsiya va boshqa korxonalarni qurishda issiqlik tashlamalarining qabul qilingan me’yori chegaralanmagan, faqat yoz mavsumida suv havzasidagi tabiiy haroratga nisbatan 30S dan, qishda 50S dan oshmaslik talab qilinadi. SHunday qilib, IESning issiqlik tashlamalarining ziyon keltirishini oldini olish masalasi tashlamalarni uzluksiz ko’payib borishini kamaytirish, bir tarafdan ESning tejamliligini oshirish yo’li bilan bajarilsa, ikkinchi tarafdan ko’zga tashlanmaydigan issiq suvni bir qismini bug’lanishga, sarflangan issiqlik tarqalishini oqilona tashkil qilish bilan hal qilinadi. Bu usul baland mo’rilardan tashlanayotgan gazlar bilan birga atmosferaga ko’p miqdorda ifloslantiruvchi zararli moddalarni va ularni yer yuzasiga tushishdan avval havo bilan aralashish yo’li bilan oldini olishga o’xshab ketadi. Bunda yangi qurilgan korxonaning ifloslantiruvchi moddalari miqdori ma’lum chegaralangan qiymatdan oshmasligi lozim.Ammo atrof–muhitga tashlanayotgan ifloslantiruvchi zararli moddalarni mutloq miqdori ortishi munosabati bilan o’z-o’zidan tozalanishi, shu jumladan tarqatish usullarining samaradorligi past. Hozirgi vaqtda IESlar va sanoat korxonalarini loyihalashtirishda havo atmosferasini eng yuqori darajasida ifloslantirishga asoslangan. Bu albatta noto’g’ri, chunki ushbu hududda keyinchalik, xuddi shunday ifloslantiruvchi zararli moddalarni tashlaydigan, yangi qurilayotgan va ishlab turgan korxonalarni kengaytirish va transportni rivojlantirishga yo’l bermaydi.Undan tashqari loyihalashtirilayotgan ob’ektlarda, ba’zi bir hollarda, kelajakda tozalash inshootlarini qurish rejalashtirilmagan, bu esa korxonani keyinchalik rivojlanishida, havoni haddan tashqari ifloslanib ketishidan saqlashga sharoit qoldirmaydi. IESlarni va sanoat korxonalarini loyihalashtirishda, albatta, tashlanayotgan ifloslantiruvchi zararli moddalarni tozalash uchun har-xil qurilma vositalari ko’zda tutilishi lozim. Atmosfera va suv havzalarini mutloq tashlamalarini kamaytirish maqsadida turli usul va qurilmalardan foydalanish avvaldan belgilab qo’yilishi lozim, chunki energetika (shu jumladan IES) va sanoatning boshqa sohalarini rivojlanishi atrof–muhitni ifloslanishi tufayli turli to’siqlarga uchrashi mumkin. NAZORAT SAVOLLARI 1. Tabiatni muhofaza qilishning hozirgi kundagi dolzarb muammo ekanligi haqida tushuncha bering. 2. IES lardan chiqayotgan chiqindilarini qayta ishlab chiqarishning davr masalasi. 3. Biosfera tushunchasi, hamda atmosfera vazifasi. 4. Tabiatni muxofaza qilishni insoniyat ongiga singdirish shakli. 5 IES tashlamalari tarkibini so’zlab bering. 6 IES tashlamalari atrof-muhitga qanday ta’sir etadi? 7 Oltingugurt oksidini kamaytirish usullari qanday? 8 Azot oksidlarini hosil qilinishini kamaytirish usullari nimalardan iborat? 9 IESlarda oqava suvlarning qanday turlari mavjud? 10 Suv havzalariga IESlarning zararli tashlamalarini kamaytirishning qanday usullari mavjud? Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling