1-mavzu. O„quv-ijodiy topshiriqlarni tayyorlash metodikasi reja: Darslarda
Uning asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Distant uslubi
Uning asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
15 axborotning xilma-xil turlari: an‘anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar); original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda in-tegratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro‗yxatdan o‗tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: muayyan vaqtdagi ish; o‗z tabiatiga ko‗ra statik bo‗lgan matn va grafikadan farqli ra-vishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma‘lum oralig‗ida ko‗rib chiqiladi; video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma‘lumotlarni uzatish shinasining o‗tkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta sig‗imli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo‗yicha almashuvi tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi; «inson-kompyuter» interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladi va bu holat ta‘lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.O‗z o‗rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo‗lida ayrim obyektiv muam-molar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi, o‗quvchilar uchun kerak bo‗lgan o‗quv materiallari, qonunlar, me‘yoriy hujjatlar va boshqa ko‗rsatmalarni qo‗llanma qilib, kompyuter dasturlarini ishlab chiqish zarurligidir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari-da multimedia elementlaridan foydalanish esa kompakt disklarni qo‗llashni talab etadi. Distant uslubi asosida o‗quvchilarni o‗qitish hozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan yo‗nalishlaridan bo‗lib, o‗qituvchi bilan o‗quvchilar ma‘lum bir masofada joylashgan holda ta‘lim berish tizimidir. O‗qituvchi va o‗quvchining ma‘lum bir masofada joylashganligi, o‗qituvchining dars jarayonida kompyuterlar, sputnik aloqasi, kabel televideniyasi kabi vositalar asosida o‗quv ishlarini tashkil qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib 16 borishi, ayniqsa, axborotlarni uzatish kanallarining rivojlanishi telekommunikatsiya sohasiga o‗ziga xos tarixiy o‗z-garishlarni kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha ta‘lim muassasa-larilari va biznes bilan shug‗ullanayotgan kompaniyalar distant uslubi asosida birlashtirilsa, o‗qitish jarayoni va tijorat ishlari yanada yuqori darajaga ko‗tariladi. Xulosa qilib aytganda, multimedia vositalari asosida o‗qitish quyidagi afzalliklar va imkoniyatlarni taqdim etadi: berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‗z-lashtirish imkoniyati mavjudligi; o‗quvchilarda ta‘lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqining yanada ortishi; ta‘lim olish vaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish mumkinligi; olingan bilimlar xotirada uzoq saqlanib, zarur bo‗lganida ama-liyotda qo‗llash imkoniyatiga erishilishi mumkinligi va bosh-qalar. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling