1-mavzu: O’quvchilarning jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini aniqlash va baholash. Nazariy tushuncha


Bolalarda vaqtga xosil kilinadigan shartli reflekslar


Download 419.99 Kb.
bet6/10
Sana08.05.2023
Hajmi419.99 Kb.
#1443640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-amaliy mashgulot.QITU.yosh fiziologiyasi. (1)

Bolalarda vaqtga xosil kilinadigan shartli reflekslar. Yangi tugilgan bola xayotining 7-8 kunidan boshlab, unda onasining emizish vaktiga nisbatan shartli refleks xosil bulaboshlaydi. Bola sutkaning ma’lum vaktlarida ovkatlanishdan bir oz oldin uygonib, emish va boshka xarakatlarini bajara boshlaydi. Bolalarda vaktga nisbatan shartli reflekslar ichki organlardan, tukimalardan yoki tashki retseptorlardan nerv sistemasiga borgan impulslar suz signallari bilan boglanishi tufayli vujudga keladi.
Vaqtga nisbatan yuzaga keltirilgan shartli refleksni mustaxkamligi nerv sistemasining tipi, uning kuzgaluvchanligi, dikkatning konsentratsiyasi va mashk kilishga boglik buladi. Bolada vaktni sezish asta-sekin uzok muddat davomida takomillashib boradi.
3-7 yoshli bolalarla reflektor reaksiyalarning rivojlanishi. Agar biror-bir tashqi qo‘zg‘atuvchilar uzoq muddat, muayyan izchillikda qo‘llanilsa, buning natijasida dinamik stereotip - javob reaksiyalarning yaxlit sistemasi vujudga keladi. Bola tarbiyasi to‘g‘ri olib borilganda, ko‘plab turli stereotiplar hosil qilish mumkin, bu tashqi atrof-muhitni idrok qilishni osonlashtiradi va nerv hujayralarining ish qobiliyatini oshiradi. Masalan, kundalik rejim, o‘z vaqtida uxlashga yotqizish, uyqudan so‘ng ertalabki gigiyenik gimnastikani majburiy tarzda bajarish va hokazolar uchun stereotip hosil qilish mumkin. Biroq, bola nerv sistemasini ayrim stereotiplar (odatlar)ni o‘zgartirish maqsadida sharoit, yoshning o‘zgarishiga qarab, bolalarda muhitni ongli idrok qilish qobiliyatini rivojlantirgan holda ehtiyotlik bilan mashq qildirish zarur. Chunonchi, bola hayotining ikkinchi yilidagi harakat rivojlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda bolalar odatdagi yurishni o‘zlashtirgach, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga murakkablashtirilgan yurish (yo‘lkadan, xodadan)ni kiritish lozim. Bola aytilgan vazifani yengil bajaradi, yangi harakatga qiziqish bilan qaraydi, uni bajarishga intiladi.
Bola hayotining ikkinchi oyida kinestetik va vestibulyar analizatorlar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi, bu bolaning qorin bilan, chalqancha yotganda, tik turgandagi kabi turli holatlarida boshini ko‘tarish va tutib turish harakatlarida namoyon bo‘ladi. Bu yoshda lablar, og‘iz bo‘shlig‘idagi shilliq parda va qo‘l terisidagi retseptorlarga ega bo‘lgan kinestetik analizator bilan ham aloqa yuzaga kelishi mumkin. Chetdan qaraganda bu qo‘lni og‘izga olib borishda va barmoqlarni so‘rishda namoyon bo‘ladi. Biroz vaqtdankeyin qo‘lning kinestetik analizatori bilan ko‘rish analizatorlari o‘rtasida aloqa vujudga keladi, bunday paytda bola qo‘lini yuzi uzra ko‘taradi va unga qaraydi. To‘rtinchi oyning oxiri va beshinchi oyda birmuncha murakkab ko‘rish- kinestetik aloqalar paydo bo‘ladi, buning natijasida bola qo‘lini ko‘rinadigan buyumga uzatadi va uni ushlaydi. Bolalar kundalik hayotida zarur jihozlar va qo‘llanmalar, shuningdek, sistemali mashg‘ulotlarning mavjudligi harakat ko‘nikmalarini takomillashtirishga yordam beradi. Shunday qilib, muayyan harakat ko‘nikmalarini hosil qilish va ularni shartli reflekslar sifatida mustahkamlash, ya’ni harakat stereotipini hosil qilish uchun qo‘zg‘atuvchilarni qo‘llashning ma’lum darajadagi takrorlanishi va izchiligi talab etiladi.
Chaqaloqlarda va bolalarda quyidagi reflekslar uchraydi.

Download 419.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling