Bir asosli aromatik kislotalar.
Olinish usullari. Bir asosli aromatik karbon kislotalarni yog‘ qator kislotalarni olishdagi barcha usullar bilan olish mumkin. Quyida bir asosli aromatik karbon kislotalarni olishda keng qo‘llaniladigan ayrim usullar bilan tanishib chiqamiz.
1
. Aromatik uglevodorodlardagi alkil guruhni oksidlab aromatik kislotalar olish eng keng tarqalgan usullardan biri hisoblanadi.
3
. Yon zanjirida bitta uglerod atomida 3 ta galogen tutgan aromatik uglevodorodlarni galogenli hosilalarini gidroliz qilinganda ham aromatik kislotalarga aylanadilar:
6
. Aromatik karbon kislotalarning natriyli tuzlariga ishqorlar qo‘shib qizdirilganda dikarboksillanish reaksiyasi hosil bo‘ladi:
Alohida vakillari va ularning qo‘llanilishi.
F
enilsirka kislota C6H5CH2COOH -760C da suyuqlanadigan kristall modda. Benzilxloriddan nitril va magniy organik birikma orqali olinadi:
Bu kislota va uning efirlari parfyumeriya sanoatida ishlatiladi.
Almashingan bir asosli aromatik kislotalar
Almashingan aromatik kislotalar orasida sulfobenzol kislotalar, aromatik oksi- va aminokislotalar muhim ahamiyatga ega.
Tibbiyotda salitsil kislotaning natriyli tuzi, salitsil kislota asetati – aspirin va salitsil kislotaning fenil efiri–salol haroratni pasaytiruvchi, dezinfeksiyalovchi vosita sifatida qo‘laniladi:
Ikki asosli aromatik kislotalar. Ikki asosli aromatik kislotalar yuqorida eslatib o‘tganimizdek uchta izomer ko‘rinishida mavjud bo‘ladi:
1
. Ftal, izoftal va tereftal kislotalarni benzolning tegishli gamoglarini oksidlash orqali olinadi:
F
tal kislota sanoatda naftalini oksidlab olinadi:
Namunaviy masala: Sirka va chumoli kislotalar aralashmasining 24,4 g massasiga 10% li (r=1,1 g/ml) natriy ishkorning eritmasidan 227,3 ml qo’shildi. Ortib kolgan ishqor 2,8 l CO2 bilan reaksiyasi natijasida nordon tuz xosil kilindi. Boshlangich aralashmaning mikdoriy tarkibi kanday bulgan?
1)ishqorning massasini hisoblash m=ƥ∙V∙ω formula orqali
1,1 ∙227,3∙0,1=25 g
2)ortib qolgan ishqor massasini topamiz n(CO2)=2,8/22,4=0,125
m=?______0,125 mol m=0,125∙40=5 g
NaOH + CO2 → NaHCO3
40 g______1mol
3)25-5=20 g ishqor kislotalar bilan ta’sirlashgan
4) 60x+46y=24,4 tenglama sistemasidan x va y larni topamiz
χ+y=0,5 x=0,1 va y=0,4 chiqadi demak bu mol nisbatlardir
Do'stlaringiz bilan baham: |