1-mavzu: Oʻtish jarayonlari toʻgʻrisida umumiy tushunchalar
Download 299.57 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
1-mavzu: Oʻtish jarayonlari toʻgʻrisida umumiy tushunchalar Elektrik yuritmaning bir turgʻun xolatdan ikkinchisiga oʻtish prosessidagi ish rejimi uning oʻtkinchi rejimi deb ataladi. Elektrik yuritmani ishgfa tushirish, tormozlab toʻxtatish, xarakat yʻnalishini oʻzgartirish kabi proseriksslar uning oʻtkinchi rejimi hisoblanadi. Nagruskaning, elektr tarmogʻidagi kuchlanishi yoki chastotaning keskin oʻzgarishida ham elektrik yuritma oʻtkinchi rejimida ishlaydi. Oʻtkinchi rejimni yaxshi oʻrganish bilangina elektrik yuritmalar uchun motor va uni avtomatik boshqarish apparatlarini toʻgʻri tanlash imkoni olinadi. Kamdan- kam ishga tushiriladigan va uzoq vaqt ishlaydigan elektrik yuritmalardagi (nasos,ventlyator va shu kabilarda) oʻtkinchi rejim aytarlik ahamiyatga ega boʻlmaydi. Elektrik yuritmani ishga tushirish va toʻxtatish kabi oʻtkinchi rejim davrlarini oʻzgartirish bilan texnologiyani takomillashtirish va, demak, ish mashinasini unimini koʻtarish, mahsulot sifatini yaxshilash imkoni olinadadi. Elektrik yuritmaning oʻtkinchi rejim uning elektrik va mehanik oʻtkinchi prosesslarining birgalikda yoki alohida oʻtishi bilaan xarakterlanadi. Bunday rejim elektr motori va ish mehanizmining dinamikasi bilan bevosita bogʻlangani sababli, elektrik yuritmalardagi oʻtkinchi rejim elektromexanik, elektromagnit va mexanik prosesslarga boʻlish mumkin. Elektromexanik oʻtkinchi prosessda elektr va mexanik parametrlarning oʻzgarishi xisobga olinadi. Ammo, xususiy xolatlarda, masalan, motor elektr zanjiriga ulanganda u darxol xarakatlana olmaydi va bunda magnit oqimi oʻzining nominal qiymatiga erishgunga qadar faqat elektromagnit prosessigina sodir boʻlib, yakor aylangandan keyingina mehanik oʻtkinchi prosess sodir boʻladi. Oʻtkinchi rejimlarni hisoblashda quyidagi usullardan foydalaniladi. Agar aylantiruvchi va qarshilik momentlarining tezlikka bogʻlanishining analitik ifodasi berilgan boʻlib, chulgʻamning induktivligi L=const va sistemaning inersiya momenti J=const boʻlsa, u holda moment va e, yu, k larning muvozanat tenglamasi tuzilib, ular birgalikda yechiladi va bu bilan oʻtkinchi rejim parametrlarining oʻzgarish qonunlarini analitik usulda xisoblanadi. Bunda L va J qiymatlari oʻzgaruvchan boʻlsa, u xolda xisoblashning grafoanalitik usuldan foydalaniladi. Aylantiruvchi va qarshilik momentlarining tezlikka bogʻlanishining grafigiga berilgan boʻlsan xisoblashning grafik usuldan foydalaniladi. Elektrik yuritma juda ham murakkab va katta quvvat boʻlsa, u holda oʻtkinchi rejim uning kichik modelida tekshiriladi va oʻxshashlik nazariyasi asosida modelda olingan bogʻlanishlar haqiqiy elektrik yuritma paramertlariga keltirilib hisoblanadi. Buni fizikaviy modellash usuli deyiladi. Matematik modellash usuli bilan oʻtkinchi rejimni hisoblashda elektrik analog hisoblash mashinasiga berilib, undan elektr va mexanik paramertlarning vaqt boʻyicha oʻzgarishlari egri chiziqlar shaklida olinadi. 1. «O‘tkinchi jarayonlar va unga mos darslik kelgusi maxsus o‘qitishni ta’minlovchi poydevordir», bunda hisoblash texnikasining metodlari, avtomatlashtirish vositalari, elektroenergetikani loyihalash va boshqarishda qo‘llaniladi. Mavjud o‘quv rejalariga ko‘ra u elektrik sistemalarni avtomatlashtirishga bag‘ishlangan fanlardan avvalroq o‘qitiladi. Bu holat shuni taqozo qildiki, darsliklarga avtomatik rostlash bo‘yicha elementar ma’lumotlar kiritildi, ular sodda shakllarda beriladi. CHunki ular zamonaviy elektr tizimlarni, ya’ni nafaqat tizimning kuch elementlari, balki rostlovchi va boshqaruvchi qurilmalar yagona tizim sifatida ko‘rishni ta’minlaydi. O‘tkinchi jarayonlar ─ bu jarayonlar elektr zanjirlarida ularni bir statsionar holatdan boshqa statsionar holatga o‘tishini ta’minlovchi turlicha ta’sirlar, statsionar holatdan boshqa statsionar holatga o‘tishini ta’minlovchi turlicha ta’sirlarda yuz beradi, ya’ni ─ turlicha kommutatsion apparaturalarning, masalan kalitlar, manbani yoki energiya qabul qilgichni ulash va o‘chirishni almashlab ulagichlarni ishlatishda, zanjirning biror joyda uzilishida, zanjirning ayrim uchastkalarida qisqa tutashuvlar va hokazolarda. Masalan, razryadlangan kondensator S-ni kuchlanish manbai U Download 299.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling