1-mavzu: Oʻtish jarayonlari toʻgʻrisida umumiy tushunchalar


Download 299.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana19.12.2022
Hajmi299.57 Kb.
#1033774
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

O‘tish jarayoni ─ bu elektr qurilmaning turg‘unlashgan barqaror rejimidan 
boshqa rejimga o‘tish jarayonidir. 
Qurilmadagi har qanday o‘tish jarayoni, masalan generatorda, elektromagnit 
holatning o‘zgarishi kuzatiladi va tegishlicha aylanayotgan mashina validagi 
moment bilan elektromagnit momentning o‘rtasidagi balansning buzilishi ro‘y 
beradi. 
SHuning uchun o‘tish jarayoni elektr qurilmadagi elektromagnit va 
elektromexanik o‘zgarishlarining birgalikda o‘zaro bog‘liq holda o‘zgarishi bilan 
xarakterlanadi.
Aylanayotgan mashinalar anchagina jiddiy mexanik inersiyasi sabab o‘tish 
jarayonining boshlang‘ich stadiyasi (bosqichi) elektromagnit o‘zgarishlarning 
ustunligi bilan xarakterlanadi. 
Fanni o‘rganish davomida avariya rejimlariga tegishli elektromagnit va 
elektromexanik o‘tish jarayonlari bilan tanishamiz. 
Ma’ruza mashg‘ulotlari davomida avariya rejimlariga tegishli elektromagnit 
va elektromexanik o‘tish jarayonlari ko‘rib chiqiladi.
Elektr qurilmadagi elektromagnit o‘tish jarayoni ─ elektr qurilma faqat 
elektromagnit kattaliklari qiymatlarining o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. 
Elektr qurilmadagi elektromexanik o‘tish jarayoni ─ elektr qurilma holatini 
belgilovchi (aniqlovchi) elektromagnit va mexanik kattaliklarining bir vaqtda 
o‘zgarishini xarakterlovchi o‘tish jarayonlaridir.
2.2. Elektr tarmoqlarda qisqa tutashuvlar. Elektr qurilmalar uchun eng 
xavfliligi qisqa tutashuv rejimlaridir. 
Tutashuv ─ elektr qurilmalar turli nuqtalarining o‘zaro yoki «er» bilan har 
qanday tasodifiy va normal ish rejimi qasddan ko‘zda tutilmagan hollarda elektrik 
ulanib qolishi. 
Qisqa tutashuv ─ elektr qurilmaning (bir nuqtasi) yuzaga kelish nuqtasiga 
qo‘shiluvchi shohobchalardagi toklar davomli rejimda eng katta ruxsat etilgan 
tokdan keskin ortib ketadi. 
Elektr qurilmaning tutashuv nuqtasida elektr yoyi yuzaga keladi, yoyning 
o‘tish qarshiligi orqali qisqa tutashuv toki oqa boshlaydi. 
Qisqa tutashuvlar (QT)ning asosiy sabablari: 
1) issiqlik va elektrik teshilish (ruscha proboy), izolyasiyaning eskirishi 
natijasida izolyasiyaning buzilishi; 
2) havo uzatish liniyalaridagi tashlanmalar (irg‘itmalar); 
3) havo liniyasi silarining uzilib qolish hollari; 
4) izolyasiyaning mexanik shikastlanishi; 
5) o‘ta kuchlanish ─ ichki va atmosferadan (to‘g‘ridan-to‘g‘ri chaqmoq 
urishi); 


6) tabiat hodisalari; 
7) operativ qayta ulab-uzishlar va boshqalarda xodimlarning noto‘g‘ri hatti 
harakatlari; 
8) Avvalroq yuzaga kelgan shikastlanishlarni tezroq o‘chirish maqsadida 
maxsus apparatlar ─ qisqa tutashtirgich yordamida ataylab qisqa tutashtiriladi. 
Qisqa tutashuvlar fazalar o‘rtasida, faza bilan nul simi o‘rtasida bo‘ladi. Faza 
simining korpusga tutashuvi metali tutashuvni hosil qiladi. 
Qisqa tutashuv paytida shikastlangan fazadagi tok ishchi tokdan ko‘p karra 
ortib ketadi. Tokning ortishi simlarda va kontaktlarda energiya isroflari ortadi, bu 
ortiqcha qizishga olib keladi. Bu esa izolyasiyaning issiqlikda teshilishiga, yonib 
ketishiga, kontaktlarning payvandlanib qolishiga, o‘tkazgich elementlarning 
mexanik butunligi buzilishiga olib kelishi mumkin. 
Qisqa tutashuv joyiga va oqibati davomliliga bog‘liq holda mahalliy yoki 
barcha tizim uchun umumiy bo‘lgan xarakterda bo‘lishi mumkin. 
Elektr elementlarga issiqlik ta’siridan boshqa tutashuv toklari katta 
miqdordagi mexanik yuklamalarni yaratadi. Shikastlangan fazalar magnit 
oqimlarining o‘zaro ta’sirlarida elektrodinamik yuklamalar rivojlanadi. Ularning 
o‘zi shinalarni egib yuborishga, qattiq izolyasiyaning mexanik va ularning uncha 
etarli bo‘lmagan mustahkamligida tok o‘tkazuvchi qismlarning buzilishiga olib 
keladi. 
Qisqa tutashuv tokining 
Download 299.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling