Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:
Yetakchi ovoz, shakl, gomofonik, polifonik qism, xalq qo’shiqlari, bir ovozlik, ko’p ovozlik, shaxsiy, vertikal, gorizontal va umumiy ansambl, nafas, diktsiya, talaffuz.
Dars o’tish vositalari:
Fortepiano, audio yozuvlar, video yozuvlar, DVD, VCD, CD disklar, izohli lug’atlar.
Dars o’tish usuli:
O’tgan asarlarni takrorlash, musiqa asarining tahlili, suhbat va savol-javob, baxs-munozara (mavzuni o’zlashtirish va mustahkamlash) amaliy ijro tarzida jonli muloqot o’tkaziladi (talabalarni mustaqil, erkin fikrlash, fikr-mulohazalarini bayon qilish, har bir talabaga dars mavzusining ma’nosidan kelib chiqib savol berish, ularning fikrlarini yakuniy muhokama qilish); iboralarga izohlar berib borish.
O’quv materiallari:
Amaliy dars mavzusi: “Veter voyet v chistom pole” N.Zabeliy so’zi. M.Glinka musiqasi.
Amaliyot topshirig’i: Xalq qo’shiqlari, oddiy bir va ikki qismli asarni o’rganish, tahlil qilish, har bir ovoz partiyalarini mustaqil o’rganish.
Mavzuning axborot manbai: Disklar, o’quv qo’llanma va ko’rsatmalar, darsliklar, musiqa darsliklari, internet tarmog’i, musiqa studiyalari.
Mavzuning axborot manbai ta’minoti vositalari: Kafedra fondi, kutubxonalar, internet kafe, musiqa studiyalari.
Mustaqil ish turlari:
takrorlash va mashq qilish: Takrorlash, tahlil qilish, mavzuni mustahkamlash, chuqurlashtirish, amaliy ijro qilish malakasini shakllantirish.
Yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtirish: Asarlarni tahlil qilish, axborot manbaini izlab topish va asarning badiiy ijrosini mustahkamlash.
Ijodiy xarakterdagi ishlar: Musiqa asarini tinglash, adabiyot va musiqa san’atining bog’liqligi, mumtoz musiqa va zamonaviy, jahon musiqa asarlarini tinglab tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |