KUN TARTIBIDAGI MASALALAR
4. 2012-2013 o’quv yili uchun
a) fakultet Kengashi tarkibi va ish rejasini;
b) fakultet dekaning ish rejasini;
c) fakultetning yillik umumlashtirilgan ish rejasini;
d) ta’lim yo’nalishlarining o’quv va ishchi rejalarini;
e) magistratura mutaxassisligining o’quv va ishchi rejalari;
f) o’qituvchilarning shaxsiy rejalarini va ishchi dasturlarini tasdiqlash.
j) Fakultet kafedralari professor-o`qituvchilari tomonidan yaratilgan o`quv-uslubiy majmualarini tasdiqlash.
ESHITILDI:
4. To’rtinchi masala yuzasidan Ilmiy kengash raisi p.f.d., prof. Sh.A.Abdullayeva so’zga chiqib, “Umumiy pedagogika”, “Pedagogika-psixologiya”, “Musiqa”, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” kafedralari professor - o'qituvchilari tomonidan o`quv readagi barcha fanlardan o'quv-uslubiy majmualar yaratilganligini, kafedra yig`ilishlarida muhokama qilinib, o`quv-uslubiy kengashdan tasdiqlash so`ralganligini aytib o`tdi. Barcha majmualarga ichki va tashqi ekspert xulosalari taqdim etilganligini aytib, ular yuzasidan fikrlarini so`radi.
Har bir kafedra tomonidan yaratilgan majmualar ro`yxati o`qib eshittirildi. Jumladan, Musiqa kafedrasidan o'quv rejadagi quyidagi fanlar bo'yicha yaratilgan o`quv-uslubiy majmualar muhokamaga tavsiya etiladi:
Musiqa nazariyasi (Musiqa nazariyasi asoslari, Garmoniya, Musiqa asarlari tahlili)
Solfedjio
Cholg’u ijrochiligi
Cholg’u ansambli
Dirijyorlik
Vokal ijrochiligi
An’anaviy va xalq qo’shiqchiligi
Xor va xorshunoslik
Musiqa o`qitish nazariyasi va metodikasi
Maktab repertuari praktikumi
IXTISOSLIK FANLAR
11. O’zbek mumtoz qo’shiqchiligi
12. Xor aranjirovkasi
13. Musiqa o’qitishning innovatsion texnologiyalari
14. Bolalar musiqa adabiyoti
15. Cholg’ushunoslik
Yuqorida nomlari ko'rsatilgan o'quv fanlaridan o'quv uslubiy majmua yigirma bo'limdan iborat holda yaratildi. Ushbu o'quv-uslubiy majmuasini tasdiqlash bugungi kengash kun tartibiga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |