24-Mavzu: “Guluzorim” asarining talaffuzi va jumlalarining tozaligi ustida ishlash
Darsning xronologik xaritasi–80 minut:
– Tashkiliy qism 5 minut
– Talabalar bilim darajasini oshirish 10 minut
– Yangi mavzu bayoni 50 minut
– Mavzuni o’zlashtirish bo’yicha tekshirish va mustahkamlash 10 minut
– Uyga vazifa 5 minut
Dars rejasi:
Xor asarining har bir jumlasining ko’rinishini o’rgatish. 10 minut
Xor asarining so’zlariga e’tibor berin ritmik (usulu)
ijro etish ustida ishlash. 10 minut
Asarning dinamikasi ustida ishlash. 10 minut
Asardagi shtrixlar ustida ishlash. 10 minut
Asarning badiiy ijrosi ustida ishlash. 10 minut
Dars maqsadi:
1. O’rgatuvchi: Musiqa asarini tahlil qilish, asarning ijro imkoniyatlarini aniqlab ulardagi dinamik tuslarga e’tibor berish.
2. Rivojlantirish: Xor partiyalarini tinglab, xorda ansambl hosil qilish, asardagi dinamik tuslarning aniq ijrosiga erishish.
3. Tarbiyalovchi: Musiqa asari shakllarning xilma-xilligi, ularni tahlil qilish, asarning tarbiyaviy ahamiyati.
Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:
Asosiy dinamik tuslar, yetakchi ovoz, shakl, gomofonik, polifonik qism, xalq qo’shiqlari, bir ovozlik, ko’p ovozlik, shaxsiy, vertikal, gorizontal va umumiy ansambl, nafas, diktsiya, talaffuz.
Dars o’tish vositalari:
Fortepiano, audio yozuvlar, izohli lug’atlar.
Dars o’tish usuli:
O’tgan asarlarni takrorlash, musiqa asaridagi dinamik belgilarning tahlili, suhbat va savol-javob, baxs-munozara (mavzuni o’zlashtirish va mustahkamlash) amaliy ijro tarzida jonli muloqot o’tkaziladi (talabalarni mustaqil, erkin fikrlash, fikr-mulohazalarini bayon qilish, har bir talabaga dars mavzusining ma’nosidan kelib chiqib savol berish, ularning fikrlarini yakuniy muhokama qilish); iboralarga izohlar berib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |