6-Mavzu: “Ko’zlaringni yashirma” asarining dinamikasi va badiiy so’z tahlili ustida ishlash
Darsning xronologik xaritasi–80 minut:
– Tashkiliy qism 5 minut
– Talabalar bilim darajasini oshirish 10 minut
– Yangi mavzu bayoni 50 minut
– Mavzuni o’zlashtirish bo’yicha tekshirish va mustahkamlash 10 minut
– Uyga vazifa 5 minut
Dars rejasi:
Ovoz qizdirish. 10 minut
Asarning dinamikasi ustida ishlash. 15 minut
Asardagi shtrixlari va badiiy so’z talaffuzi ustida ishlash. 15 minut
Asarning badiiy ijrosi ustida ishlash. 10 minut
Dars maqsadi:
1. O’rgatuvchi: Asarning badiiy dinamikasi, ijro imkoniyatlari, kirish hamda avj qismlarini o’rgatish.
2. Rivojlantirish: ashulachilar ansambli yoki o’qituvchining ijrosini tinglab ovozlar o’rtasidagi muttanosiblikni rivojlantirish.
3. Tarbiyalovchi: Xalq qo’shiqlari orqali talabalarda milliy qadriyatlar va milliy ijrochiligimizni tarbiyaviy ahamiyatini anglash.
Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:
Badiiy so’z ifodasi, milliy qochirimlar, nolalar va jumlalararo nafas.
Dars o’tish vositalari:
Fortepiano, o’zbek milliy cholg’u asboblari, asar o’rgatish uchun foydalanilgan adabiyotlar, audio yozuvlar, video yozuvlar, DVD, VCD, CD disklar, izohli lug’atlar.
Dars o’tish usuli:
Asarning o’tilgan qismini mustahkamlash, daromad hamda badiiy so’z ifodasi so’z talaffuzlari diksiya hamda nola va qochirimlar ustida ishlash. Savol-javob, baxs-munozara (mavzuni o’zlashtirish va mustahkamlash) amaliy ijro tarzida jonli muloqot o’tkaziladi (talabalarni mustaqil, erkin fikrlash, fikr-mulohazalarini bayon qilish, har bir talabaga dars mavzusining ma’nosidan kelib chiqib savol berish, ularning fikrlarini yakuniy muhokama qilish); iboralarga izohlar berib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |