O’quv materiallari:
Amaliy dars mavzusi: “Muborakbod” qo’shig’i.
Amaliyot topshirig’i: oddiy bir va ikki, uch ovozli asarni o’rganish, tahlil qilish, har bir ovoz partiyalarini mustaqil o’rganish.
Mavzuning axborot manbai: Disklar, o’quv qo’llanma va ko’rsatmalar, darsliklar, musiqa darsliklari, internet tarmog’i, musiqa studiyalari.
Mavzuning axborot manbai ta’minoti vositalari: Kafedra fondi, kutubxonalar, internet kafe, musiqa studiyalari.
Mustaqil ish turlari:
Takrorlash va mashq qilish: Asarning o’rganilgan taktlarini takrorlash, tahlil qilish, amaliy ijro qilish malakasini shakllantirish.
Yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtirish: Asarlarni tahlil qilish va asarning badiiy ijrosini mustahkamlash.
Ijodiy xarakterdagi ishlar: Musiqa asarini tinglash, adabiyot va musiqa san’atining bog’liqligi, mumtoz musiqa va zamonaviy, jahon musiqa asarlarini tinglab tahlil qilish.
5-Mavzu: O’zbek xalq bastakorlari ijodidan «Ko’zlaringni yashirma» B.Aliyev musiqasi R.Nihoniy she’ri.
Darsning xronologik xaritasi–80 minut:
– Tashkiliy qism 5 minut
– Talabalar bilim darajasini oshirish 10 minut
– Yangi mavzu bayoni 50 minut
– Mavzuni o’zlashtirish bo’yicha tekshirish va mustahkamlash 10 minut
– Uyga vazifa 5 minut
Dars rejasi:
1.Ovoz qizdirish. 10 minut
Asarning ijro yo’nalishi bilan tanishtirish. 15 minut
Asarni ijro etish uchun ashulachilarni ovozlarga bo’lish. 15 minut
Asarning talaffuzi ustida ishlash. 10 minut
Dars maqsadi:
1. O’rgatuvchi: Musiqa asarini tahlil qilish, asarning ijro imkoniyatlarini aniqlash va ashulachilar ansamblini imkoniyatlariga qarab ovozlarga bo’lish.
2. Rivojlantirish: Asarni ovozlarga bo’lingan holda tinglab, ashulachilar ansamblida ovoz ansamblini hosil qilish.
3. Tarbiyalovchi: Xalq qo’shiqlarining xilma-xilligi, ularni tahlil qilish, asarning tarbiyaviy ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |