O’quv materiallari:
Amaliy dars mavzusi: “Ko’zlaringni yashirma” qo’shig’i.
Amaliyot topshirig’i: Xalq qo’shiqlari, oddiy bir va ikki qismli asarni o’rganish, tahlil qilish.
Mavzuning axborot manbai: Disklar, o’quv qo’llanma va ko’rsatmalar, darsliklar, musiqa darsliklari, internet tarmog’i, musiqa studiyalari.
Mavzuning axborot manbai ta’minoti vositalari: Kafedra fondi, kutubxonalar, internet kafe, musiqa studiyalari.
Mustaqil ish turlari:
Takrorlash va mashq qilish: Takrorlash, tahlil qilish, mavzuni mustahkamlash, chuqurlashtirish, amaliy ijro qilish malakasini shakllantirish.
Yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtirish: Asarlarni tahlil qilish, audio yozuvlardan qoshiq ijrosi va ijrochisi haqidagi ma’lumotlarni yig’ib tahlil qilish.
Ijodiy xarakterdagi ishlar: Musiqa asarini tinglash, adabiyot va musiqa san’atining bog’liqligi, mumtoz musiqa va zamonaviy, asarlarini tinglab tahlil qilish.
7-Mavzu: “Ko’zlaringni yashirma” asarning avj qismi hamda furomad qismi ustida ishlash
Darsning xronologik xaritasi–80 minut:
– Tashkiliy qism 5 minut
– Talabalar bilim darajasini oshirish 10 minut
– Yangi mavzu bayoni 50 minut
– Mavzuni o’zlashtirish bo’yicha tekshirish va mustahkamlash 10 minut
– Uyga vazifa 5 minut
Dars rejasi:
Asarning avj hamda furomad qismi haqida. 15 minut
Ashulachilar ansamblidagi birinchi hamda ikkinchi ovoz
partiyalari birlashtirish . 15 minut
Daromad hamda avj qismini birlashtirish. 10 minut
Asarni to’la ijro etish. 10 minut
Dars maqsadi:
1. O’rgatuvchi: Asarning avj qismini tahlil qilish. Avj pardalarini olishda nafas hamda jumlalarning o’zaro bog’liqligini ta’minlash.
2. Rivojlantirish: Asarning daromad hamda avj qismi ijrochilari bilan yakka holda sol’fedjio uslubida ishlash. Asar ijrosidagi kamchiliklarni bartaraf etish ustida ishlash.
3. Tarbiyalovchi: Musiqa asarini, shakllarning xilma-xilligi, ularni tahlil qilish, asarning tarbiyaviy ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |