Tayanch so’zlar, iboralar va tushunchalar:
Soprano, al’t, tenor, bas ovoz partiyalarining diapozonlari xor partiyalari tessituralari.
Dars o’tish vositalari:
Fortepiano, o’rgatiladigan asar notalari audio yozuvlar, video yozuvlar, DVD, VCD, CD disklar, izohli lug’atlar.
Dars o’tish usuli:
Talabalarga o’rgatiladigan asarning she’riy hamda musiqiy tahlilini tushuntirish ovozlarga bo’lish hamda barcha o’rgatiladigan partiyalarni nota asosida sol’fedjio qildirish. Har bir kuylanadigan partiya bir necha bor qayta-qaqyta takrorlanib, uning tozaligiga erishish. Kuylash malakalari borasida tegishli tushincha va izohlar berib borish.
O’quv materiallari:
amaliy dars mavzusi: Talabalar bilan ovozlar ansambli ustida ishlash.
Amaliyot topshirig’i: Bir ovozli va ikki ovozli mashqlarni mustaqil o’rganish, har bir partiyani asbobda cholib ovozga kuylab kelish.
Mavzuning axborot manbai: Disklar, o’quv qo’llanma va ko’rsatmalar, solfedjio darsliklari.
Mavzuning axborot manbai ta’minoti vositalari: Kafedra fondi, kutubxonalar.
Mustaqil ish turlari:
takrorlash va mashq qilish: Takrorlash, tahlil qilish, mustahkamlash, amaliy ijro qilish, malakani shakllantirish.
Yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtirish: Ijro vaqtida har bir tovushni toza kuylashga ko’nikma hosil qilish.
3-Mavzu: “Muborakbod” asarini sol’fedjio qilib kuylash.
Darsning xronologik xaritasi–80 minut:
– Tashkiliy qism 5 minut
– Talabalar bilim darajasini oshirish 10 minut
– Yangi mavzu bayoni 50 minut
– Mavzuni o’zlashtirish bo’yicha tekshirish va mustahkamlash 10 minut
– Uyga vazifa 5 minut
Dars rejasi:
Asarning kompozitori va yaratgan asarlari haqida ma’lumot 15 minut
Asar kompozitori hayoti ijodi haqida ma’lumot. 15 minut
Asarning umuiy tahlili. 10 minut
Asarni eshittirish. 10 minut
Dars maqsadi:
1. O’rgatuvchi: Musiqa asarini tahlil qilish, asarning ijro imkoniyatlarini aniqlab va xor ovozlarini partiyalarga ajratish.
2. Rivojlantirish: Xor partiyalarini tinglab, xorda ansambl hosil qilish, ovozlarga, asarning badiiy matniga va uni aniq talaffuziga erishish.
3. Tarbiyalovchi: Musiqa asarini, shakllarning xilma-xilligi, ularni tahlil qilish, asarning tarbiyaviy ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |