1-Mavzu: «O’zbek davlatchiligi tarixi» fanining nazariy-metodologik masalalari va uni o’rganishning ahamiyati reja


Download 150.5 Kb.
bet2/2
Sana23.12.2022
Hajmi150.5 Kb.
#1047428
1   2
Bog'liq
1 mavzu

Ikkinchidan, chor Rossiyasining mustamlaka xalqlarga nisbatan tutgan ulug’ davlatchilik, shovinistik siyosati bilan bog’liq sabablar. Asosiy maqsad, imperiya tarkibidagi boshqa xalqlarga Rossiya davlatining harbiy qudratining rus madaniyatining, tarixining ustunligini ko’rsatish, uni tan oldirishdir. CHunki “buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan o’zaro madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor emaslikdan kelib chiqadi”.13 Ulug’ davlatlar demokratiya, tenglik, adolat, inson huquqlari to’g’risida ko’p gapiradilar-u boshqa xalqlar, davlatlarga nisbatan tajovuz qilib, ichki ishlarga aralashaveradilar. Davlatchilik masalasida ham xuddi shunday soxtakorlik, zo’ravonlikni ko’ramiz. Masalan, Qadimgi Rus davlati milodiy IX asrda shakllanganligi asos qilib olinib, imperiyasining boshqa biror bir xalqining davlatchilik tarixi mazkur ko’rsatkichdan qadimroq, oldinroq bo’lmasligi kerak. YA’ni o’zbek, turkman va boshqa xalqlarning tarixiy shakllanishi rus xalqi, davlati shakllangan asrlardan ertaroq bo’lmasligi lozim. Albatta, o’zbek davlatchiligi rus davlatchiligidan qariyb 2000 yil oldinroq shakllangan deb aytish mustamlakachiga yoqmay, uning g’ashini keltirar edi. SHuning uchun ham o’zbek davlatchiligi tarixini o’rganishga ishora qilinmadi, u kamsitildi, qatag’on qilindi. O’zbek xonliklari ko’rinishidagi davlatchiligimiz mustamlakachilar tomonidan barbod qilindi.
Uchinchidan, kommunistik mafkura va kommunizm “dohiy”larining milliy davlatchilikka, milliy xalqlarga munosabati masalasi bilan bog’liqdir. Sovet Rossiyasi-podsho Rossiyasining vorisi sifatida siyosat maydoniga chiqdi. Demoqchimizki, mustabid, totalitar sovet hukmronligi yillarida ham milliy xalqlarga, uning milliy qadriyatlariga nopisandlik, past nazar bilan qarash kabi illatlar to’liq saqlanib qoldi. Bu holatni jamiyat va davlatchilik tarixiga munosabatda ham ko’rish mumkin edi. Kommunizm “dohiy”larining valyuntaristik “bashorat”lari natijasida kishilik jamiyati ham, davlat ham sinflarga bo’lindi. Qulchilik, feodalizm, kapitalizm, sotsializm deb nomlangan jamiyatlar va davlatlar iboralari, tushunchalari paydo bo’ldi. Kitob va darsliklarda “o’zbek xalqi 1924 yilda o’zining mustaqil davlatiga ega bo’ldi”,-deb yozildi va o’rganildi. Bu davrga qadar o’zbeklarning milliy davlatchiligi bo’lmagan, ungacha mavjud davlatchilik tizimi Xorazmshohlarga, Kushonlarga, Qoraxoniylarga, Amir Temurga, SHayboniylarga va hokazo, tegishli, zinhor o’zbekka emas. Faqat “Ulug’ oktyabr” tufayligina o’zbeklar o’z davlatiga14 ega bo’ldilar, degan fikrlar podsho Rossiyasining monopolistik, mustamlakachilik siyosati bilan kommunistik mafkuraning maqsadlari mushtarak, hamohang ekanligini ko’ramiz. Mustamlakachi o’ziga qaram bo’lgan xalq haqida hech qachon xolis, adolatli fikr aytmagan. Ular butun mafkura vositalarini millatning o’tmishini ham, bugunini ham kamsitishga qaratganlar15.
Kommunizm “dohiy” larning fikricha sotsialistik davlat-bu ishchilar va dehqonlar sinfining davlati emish. Demoqchi, davlat o’zbekka yoki boshqa biron millatga taaluqli emas. Sotsialistik jamiyat rivojlanishi jarayonida davlat ham, millat ham o’ladi, yagona sovet xalqi, SSSR tipidagi davlat saqlanib qoladi,-degan g’ayri ilmiy, ulug’ davlatchilik, ulug’ millatchilik g’oyasi targ’ib qilindi, tarix faniga ham singdirildi. Bu, kommunizm maddohlari oqsoch SHarqning, o’zgalarni yomonlab orttirilgan “obro’y” ning ertasi bo’lmaydi, yolg’onning umri qisqa bo’ladi,-degan hikmatlaridan xabarsiz edilarda. Kim o’ladi, nima o’ladi?,-hayotning o’zi ko’rsatdi. O’zbek davlatchiligi tarixi masalasi nima uchun sovetlar hukmronligi davrida “yopiq mavzu” bo’lganligi xususida yana ko’plab dalillarni keltirish mumkin. Ulardan ko’zlangan maqsad bitta, millatni mo’’telikda saqlash edi. Lekin, tarixda shunday voqealar bo’ladiki, u jamiyatning ham, unda yashayotgan kishilarning ham ijtimoiy, siyosiy taqdirini o’zgartirib yuboradi. O’zbekiston mustaqilligi ana shunday ulug’ voqealar sirasiga kiradi. U millatning nafaqat istiqbolini belgilab berdi, balki o’tmishini ham har qanday g’arazli, nopok mafkuralar asoratidan tozaladi16.
Muxtaram talaba! Xulosa sifatida quyidagilarni ta’kidlamoqchimiz:

  1. O’zbek milliy davlatchiligi tarix mavzusi dolzarb, nihoyatda dolzarb, hech qachon eskirmaydigan, “qarrimaydigan”, zamonaviy, katta, keng ilmiy mushohadani talab qiladigan mavzu. Zero millat ham, davlat ham umri boqiy, azaliy qadriyat. Millatning ulug’ farzandlari imom Buxoriyni, Amir Temo’rni, Alisher Navoiyni, Mirzo Ulug’bekni... o’ldirib bo’ladimi?, hech qachon yo’q, aslo yo’q. CHunki ular hayotliklardayoq hech qachon o’lmaslik chorasini ko’rib qo’yganlar. Davlat ham, millat ham xuddi shunday, umri boqiy qadriyat, institutdir.

  2. Har bir davlatning o’ziga xos shakllanish, yuksalish yo’li bo’ladi. Uning ko’pchilik davlatlarga xos yagona andozasi yo’q. SHunday ekan o’zbek milliy davlatchiligini antik YUnon, Rim, Misr, Bobil kabi davlatlar bilan tenglashtirmaslik kerak. Ularning zamoni ham, makoni ham, ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlari ham, psixologiyasi ham o’ziga xos. O’zbek milliy davlatchiligi barcha o’ziga xos xususiyatlari, chekinishlaridan qat’iy nazar, u davlat siyosiy hukmronlik tizimi edi.

  3. O’zbek milliy davlatchiligi tarixini o’sha davr siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy v.h. infratuzilmasi bilan bog’liq, birgalikda o’rgangan taqdirdagina masalaga to’g’ri yondoshgan bo’lamiz. Davlatni jamiyatdan, shaxsdan ajratmaslik kerak. Ular bir-birini taqozo etib yashaydi.

  4. Umuman davlatchilik, binobarin o’zbek milliy davlatchiligi ham juda sekin shakllanuvchi ijtimoiy jarayon hosilasidir. Har bir davlatning rivojlanish sur’atini o’z hududi va uning atrofdagi makonlarning geosiyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy holati belgilab beradi.

  5. Davlat bamisoli mevali, manzarali daraxt, garchi uning ildizlari zaminu purhikmatda mustahkam o’rnashib olgan bo’lsa, uning shohlariga (boshqaruv idoralari) shakl berib, yangilab turish zarur. SHunda u mustahkam bo’ladi, boshqarish qulaylashadi, zamonaviylashadi, xalqiga ko’p foyda keltiradi.

  6. Agar davlat o’z jamiyati va xalqi manfaatlarini ijtimoiy himoyalab siyosat yuritsa17, ziddiyatlardan holi bo’lib, tobora mustahkamlanib boraveradi. Davlatchilik sifatlari tobora yaqqolroq namoyon bo’lishi uchun shart-sharoit vujudga keladi.

  7. Mustabid sovet tarixshunosligida, mafkurasida “tarixning haqiqiy yaratuvchisi xalqdir, podsholar, sarkardalar, alohida shaxslar tarix yarata olmaydilar”,-degan mantiqsiz, g’ayri ilmiy aqida targ’ib qilindi. Tarixni har bir xalqning ziyoli, ijtimoiy-siyosiy faol, quvvai-hofizasi, intelekti baland ijtimoiy qatlami, davlat rahbarlari, sarkardalar, millat, Vatan farzandlari yaratadilar. Xalqning ijtimoiy karaxt. gavlax qatlami hech qachon tarix yaratmagan, bundan keyin ham yarata olmaydi. Davlatning faoliyati, kuch-qudrati ko’p jihatdan uni boshqargan rahbar, sarkor, sarbon, sarkardalarga bog’liq. Alp Er To’nka, To’maris, Jaloliddin Manguberdi, Xoja Bahouddin Naqshband, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy ... Islom Karimov tarix yaratdilar va o’zlari ham tarixiy shaxsga aylandilar...

  8. Davlat, davlatchilik institutlari-bular hukmronlik, zo’ravonlik, boshqaruv, adolat, himoya v.h. idoralar majmuasidir. Lekin ular har doim qonun, ijtimoiy adolat mezonida aql-zakovat bilan faoliyat yuritmog’i zarur. Aks holda jamiyatda ziddiyatlar ko’payadi.

  9. Davlat har doim o’z fuqarolarining jamiyatdagi, hayotdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirib borishi zarur. Zero dalatning nufuzi ko’p jihatlardan aholisining ma’naviyat darajasiga bog’liq. Mustaqillik davrining o’tish yillarida aksariyat ko’pchilik kishilarga ma’naviy omillardan yiroqlashish (begonalashish emas) ko’rinishlari paydo bo’ladi. Buning ko’plab ijtimoiy sabablari mavjud...

  10. Har bir milliy davlat siyosiy xudbinlik asoratlaridan yiroq turib, har doim umuminsoniy qadriyatlardan, jahon davlatchiligi tajribalaridan, xalqaro huquq normalaridan xabardor bo’lib turish zarur. Davlat jahon hamjamiyatida o’zining milliy manfaatlarini himoya qila bilishi kerak.

  11. O’zbekiston mustaqilligi-milliy davlatchiligimizning tamoman yangi davri. U davlatchiligimizning nafaqat siyosiy istiqbolini belgilab berdi, balki o’tmishini ham har qanday g’arazli illatlardan tozaladi.

  12. Faqat siyosiy mustaqillik sharoitida o’zbek davlatchiligi o’zining barcha ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, huquqiy, intelektual ... sifatlarini amalda to’liq namoyon etish imkoniyati va shart-sharoitlariga ega bo’ladi. Zero, O’zbekiston kelajagi buyuk davlat.18 Istiqlol sharoitidagina “davlat-xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi”. Binobarin “davlat-xalq hokimiyatining birdan-bir manbaidir”.19

  13. Davlatning kuch-qudrati-uning armiyasi, harbiy texnikasi va aholisining miqdori bilan belgilanmaydi, balki shu jamiyat a’zolarining, ya’ni millat farzandlarining qancha qismi yuksak aql-zakovatli, ijtimoiy-siyosiy faolligi bilan belgilanadi. SHuning uchun ham xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai (7) hisoblanadi. SHuning uchun ham davlat-xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi (2). O’zbekiston mustaqilligi-o’zbek milliy davlatchiligimizning tamoman yangi davrini boshlab berdi. Faqat istiqlol sharoitida davlat hokimiyati to’liq shakllanish imkoniyatiga ega bo’ladi va o’zining barcha siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy imkoniyatlarini amalga namoyon qiladi. Bugungi O’zbekiston Respublikasi o’z xalqining faravonligiga xizmat qilayotgan,dunyoga chiqqan va uni jahon tan olgan suveren davlatdir.



1 Qarang: YA.G’.G’ulomov. Xorazmning sug’orilish tarixi.-T.: “Fan”, 1959, V.A.SHishkin. Varxasha. M. “Nauka”, 1963; CHag’oniyon tarixi. Toshkent Islom Universiteti, 2002; A.Asqarov. Djarkutan. T.: “Fan”, 1983; A.Ziyo. O’zbek davlatchilik tarixi.-T.: “SHarq”, 2000; L.Levitin. O’zbekiston tarixiy burilish pallasida.-T.: “O’zbekiston”, 2001.v.b.

2 Qarang: Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild,-T.: “O’zbekiston”, 1996, 49-bet.

3 Qarang: “Avesto”,-T.: “SHarq”, 2001 yil, “Vandidod”, 3-fargard, 31-32-bandlar.

4 Qarang: YA.G’.G’ulomov. Xorazmning sug’orilish tarixi.-T.: “Fan”, 1959, 68-bet

5 Qarang: A.Asqarov. Jarkutan.-T.: “Fan”, 1983, 117-bet

6 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T.: «SHarq”, 1998, 5-bet

7 Qarang: Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. T.: “SHarq”, 2000, 234-bet.

8 Qarang: I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., “SHarq”, 1998, 24-25-betlar. Milliy istiqlol g’oyasi. T., “O’zbekiston”, 2001, 62-bet, v.b.

9 Qarang: B.Axmedov tahriri ostida. T., 1996, YUsuf Xos Hojib. Qutadg’u bilig. T., 1990, Nizomulmulk. “Siyosatnoma”. T., 1996; Nasimxon Rahmon. Turk hoqonligi.T., 1993; Xoja Samandar Termiziy .Dastur ul-mulk. T., 1997; Ahmad Donish. Navodir al-vaqoye. T., 1964 va boshqalar.

10 Qarang: Burhoniddin al-Marg’inoniy. Hidoya. T., “Adolat”, 2000; Abu Iso Muhammad at-Termiziy. Sunani Temiziy. T., “Adolat”, 1999 v.b.

11 Qarang: Mutlaqo maxfiy. “O’zbekistonda ijtimoiy fanlar”, 1992, № 7-8. Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar deb hisoblashar edi; I.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., “SHarq”, 1998, 9-19-24-betlar v.b.

12 Qarang: Bartold V.V. Sochineniya. T., M. 1963, 607 str.

13 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T., 1997, 53-bet.

14 Qarang: Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., «SHarq”, 1998, 11-bet

15 Qarang: Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., «SHarq”, 1998, 9-bet

16 M.Oltinov. Ulug’ tarixiy voqea. «Muloqot”, 1992, № 9.

17 Qarang: Karimov I.A. YUrtimizdagi buyuk o’zgarishlarning huquqiy asosi. “Xalq so’zi”, 2006 yil 8-dekabr.

18 Qarang: Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. T., “O’zbekiston”, 1996, 44-bet

19 Qarang: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T., “O’zbekiston”, 2001, 7-bet.



Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling