1-Mavzu: O‘zbek tili tarixi fanining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari. Turkiy tillar, o‘zbek tilining tarixiy ildizlari, davrlashtirilishi, o’zbek tilining shakllanishi va taraqqiy etish dinamikasi. Fonetika. Grafika. Singarmonizm


Download 98.83 Kb.
bet2/13
Sana15.12.2022
Hajmi98.83 Kb.
#1008039
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-Mavzu O‘zbek tili tarixi fanining obyekti, predmeti, maqsad v

Qadimgi turkiy til davri. Bu davrda turkiy urug’ va qabilalar xun (ham sharqiy xun, ham g’arbiy xun) davlati tarkibiga kirar edi. VI asr o’rtalarida turklar kuchayib, yirik bir qabila ittifoqiga birlashadi, qo’shni qabilalarni engib, 552 yilda o’zlarining mustaqil davlatlarini – turk xoqonligini barpo qiladi. 555 yilga kelib, Markaziy Osiyodagi xalqlar Manjuriya va Enasoy qirg’oqlarigacha bo’lgan erlarni o’zlariga qaratib oladilar. Harbiy va va siyosiy qudrati asta-sekin kuchayib borgan turk xoqonligi eftalitlar davlatini tor-mor qiladi, Amudaryo va Orolgacha bo’lgan joylarni, VI asrning 70-yillarida esa SHimoliy Xitoydagi CHjou va TSi davlatlarini bosib oladi. Xoqonlikning chegarasi Amudaryodan Hindistongacha cho’zilar edi. Ammo qabilalar o’rtasidagi o’zaro urushlar hamda Xitoyning kuchayib ketishi va bu urushlarga aralashuvi natijasida VI asrning 80-yillarida turk xoqonligi parchalanib, SHarqiy turk xoqonligi va G’arbiy turk xoqonligiga bo’linib ketadi.
SHarqiy turk xoqonligi Markaziy Osiyoda o’z hokimiyatini o’rnatadi, VII asrning 2-choragida Xitoyga qaram bo’lib qoladi. 681 yilda hoqon qutlug’ (Ilterin) va uning maslahatchisi Tonyuk mustaqillikni qo’lga kiritadilar. SHarqiy turk hoqonligining keyingi kuchaygan davri 682-745 yillarga to’g’ri keladi. Hoqon Qopog’on (691-716 yillar) davrida turklar Samarqandgacha borib etadilar. Hoqon Bilga vafoti (734 yil)dan keyin kuchaygan o’zaro urushlar natijasida SHarqiy turk hoqonligi parchalanib ketadi, 745 yilda esa uyg’urlar tomonidan bosib olinadi.
Markazi Ettisuv bo’lgan G’arbiy turk hoqonligi esa mustaqil davlat sifatida VII asrning 1-yarmida Sharqiy Turkistondan Kaspiy dengizgacha bo’lgan erlarda o’z hukmronligini o’rnatadi. Qo’shni davlatlar bilan savdo-sotiq ishlari rivojlanadi. Samarqand, Buxoro, CHoch (Toshkent), Marv, CHorjo’y kabi katta shaharlar obod bo’ladi. Ammo Xitoy va shimoliy qo’shni davlatlarning hujumi, ichki o’zaro feodal urushlar natijasida G’arbiy turk hoqonligi tugatiladi. Turklarning bir qismi SHarqiy Turkistonda o’zlarining ittifoqini barpo qiladi, Ettisuv va uning atroflarini esa turgeshlar qo’lga kiritadi. Keyinroq esa bu erlar Oltoydan ko’chib kelgan qarluqlar qo’liga o’tadi. O’g’uzlar esa g’arbga tomon yurish qilib, VIII asrda Sirdaryoning quyi qismi havzasida, Qoraqumgacha bo’lgan hududda o’z davlatlarini barpo qiladilar.
Turkiy tillar taraqqiyotining uchinchi bosqichiga, ya’ni qadimgi turkiy davrdagi turkiy urug’ va qabilalar, ularning tillariga oid juda ko’p yozma manbalar, tarixiy yodgorliklar mavjud. Jumladan, turk hoqonligi tarkibiga kirgan turkiy urug’lar va ularning tillari O’rxun-Enasoy yodgorliklari orqali aniqlangan. O’rxun-Enasoy yodgorliklarining ko’pchiligi rus olimlari tomonidan topilgan. Bular orasida, ayniqsa, sibirlik o’lkashunos N.M.YAdrintsev tomonidan 1889 yilda Mo’g’ulistonda O’rxun daryosi bo’ylaridan topgan yodgorliklar katta ahamiyatga ega. Xuddi shunday yodgorliklarning kattagina bir qismi Enasoy daryosining yuqori qismidan va Qirg’izistondagi Talas vodiysidan, shuningdek, Baykal ko’li atroflari, Lena daryosi sohillaridan ham topilgan.
O’rxun-Enasoy yodgorliklari, asosan, toshlarga o’yib bitilgan yozuvlardan, idish, tangalar kabi buyumlarda va qog’ozlarga yozilgan bitiklardan iborat bo’lib, bir qancha vaqtlar olimlar uchun o’qilishi jumboq bo’lib qoladi. SHunga ko’ra, u qadimgi skandinav-german tillariga oid run, runiy (runa-sirli, yashirin demakdir) yozuvi nomi bilan ham yuritiladi. Faqat XIX asrning 90-yillarida bu yozuvni dastlab daniyalik olim V.Tomsen va rus turkshunosi V.V.Radlov o’qiydilar. Ular bu yodgorliklarning til xususiyatlari turkiy xalqlarga tegishli ekanligini aniqlab beradilar. SHundan keyin ko’p yillar davomida bu yozuvlarni tarjima qilish, til xususiyatlarini o’rganish va nashr etish sohasida katta ishlar qilindi.
Bu bitiktoshlar VII-VIII asrlarga tegishli bo’lib, turk xoqonligi davrida runiy yozuvda bitilgan. Ular grafik jihatdan bir-biriga ancha yaqin turadi. Sug’diy yozuvi asosida paydo bo’lgan qadimgi turkiy run yozuvi G’arbiy va SHarqiy turk hoqonligida keng tarqalgan edi.
Eramizning 745 yilida turk hoqonligini bosib olgan uyg’urlar davlati, asosan, ilgari SHarqiy turk hoqonligi tarkibiga kirgan qabilalarni birlashtirar edi. G’arbiy turklarning ajralib ketishi uyg’urlar davlatini kuchsizlantiradi. Buning natijasida 840 yilda uyg’ur davlati qirg’izlar tomonidan bosib olinadi. Qirg’izlar hukmronligi X asrgacha davom etadi. Ammo o’zining birligini, ittifoqini yo’qotgan ko’pgina uyg’ur qabilalari qirg’izlar hujumidan keyin g’arbga yo’l olib, o’z mustaqil davlatini tuzadi, bir qismi esa qarluqlar tomoniga ketadi.
Turk hoqonligi tarkibiga kirgan turklarning bevosita davomchisi, vorisi bo’lgan uyg’urlar juda katta meros – o’sha davr tilini aks ettiruvchi yozma yodgorliklar qoldirganlar. Bu yodgorliklar birin-ketin yozilganligi – xronologik jihatdan ikki davrga bo’linadi.
Birinchi davrga xos obidalar eng qadimgi yodgorliklar bo’lib, ular o’rxun yozuvi obidalari bilan umumiylikka ega bo’lgan bitiktoshlardan iborat. Bular ichida eng mashhuri turk xonlari Kultigin va To’nyuquq sha’niga qo’yilgan qabr toshlariga yozilgan yodgorliqdir. Bu toshlar O’rxun (Mo’guliston) va Enisey daryolari bo’ylaridan topilganligi sababli fanda «o’rxun-enisey yozuvlari» deb nomlanadi. SHuningdek, bu yozuv run nomi bilan ham ataladi. «Run» so’zi skandinaviya xalqlari tilida «sirli, tilsim» ma’nolarida qo’llangan. Sibirda surgunda bo’lgan shved ofitseri F.T.Tabbert-Stralenberg 1730 yilda o’rxun-enisey yozuvining bir nechalarini topib, hali tarixda noma’lum bo’lgan va hech kimsaga tushunarli bo’lmagan bu yozuvni yuqoridagidek nomlagan edi.
Bu yozuvni dastlab V.Tomsen o’qidi. U 1893 yil 15 dekabrda Daniya fanlar akademiyasi majlisida O’rxun daryosi bo’yidan topilgan yodgorliklarning sirini topganligini ma’lum qildi va bu yodgorlik turkiy xalqlar tilida yozilganligini bildirdi. 1894 yil 19 yanvarida V.Radlov «Kultegin» sharafiga qo’yilgan yodgorlikning tarjimasini beradi. R.Melioranskiy 1899 yilda uning qayta tarjimasini beradi. O’rxun-Enisey yodgorliklari o’z navbatida yana , uch tarmoqqa bo’linadi.
1. Yenisey yodgorliklari. Bu hozirgi Enisey va Tuva avtonom viloyatidan topilgan yodgorliklardir.
2. O’rxun yodgorliklari. Mo’g’uliston territoriyasidagi O’rxun daryolari bo’yidan topilgan Kultegin, To’nyuquq yodgorliklardir.
3. Talas yodgorliklari. Hozirgi Jambul viloyatidan topilgan yodgorliklardir.
Qadimgi turkiy tilning run yozuvida bitilgan yirik namunalari quyidagilardir:
1. Kultigin bitiklari. Bu bitiktosh Eltarish o’g’li Bilga Hoqonning inisi Kultigin sharafiga qo’yilgan.
2. Bilga hoqon bitiktoshi. Bu marmar Eltarish hoqonning o’g’li Kultiginning og’asi Bilga hoqon sharafiga 735 yilda qo’yilgan.
3. To’nyuquq bitiktoshi. Bu yozuv yodgorligi ikkinchi turk hoqonligining asoschisi Eltarish hoqon va uning xotini Elbilga xotun sharafiga, so’ngra Qapag’an hoqon sharafiga qo’yilgan deb taxmin qilingan edi. J.Klosson bitikning ayrim erlariga tuzatish kiritib, yuqoridagi fikrlarning noto’g’riligini isbotladi va bitiktosh Qapag’on bilan Bilga hoqonlarning sarkardasi Eltarishning sharafiga qo’yilgan degan qarorga keldi.
5. Kulichur bitiktoshi. Bitiktoshni 1912 yilda polьshalik professor V.Kotvich Mo’g’ulistonning Ulan-Bator yaqinidagi Ixe-Xushotu manzilidan topgan.
6. Moyunchur bitiktoshi. Buni fin olimi G.I.Ramstedt 1909 yilda SHimoliy Mo’g’ulistonda Selenga daryosi va SHineusu ko’liga yaqin erda topgan. Bitiktosh 759 yilda qo’yilgan deb taxmin qilinadi. Qadimgi turkiy tilning taxminan V-X asrlarda vujudga kelgan.
Ikkinchi davrga tegishli yodgorliklarga esa so’g’d yozuvi asosida shakllangan uyg’ur yozuvida bitilgan matnlar kiradi. Ular turli mazmundagi va til xususiyati jihatidan ham har xil bo’lgan asarlar, hujjatlardan (monaviy), buddiy va xristian yodgorliklari deb qaralsa ham, bir umumiy nom bilan uyg’ur yozuvi yodgorliklari deb yuritiladi.
Uyg’ur yozuvida bitilgan yodgorliklarning eng muhimlari quyidagilardir:
1. Xuastuanift (monaviylarning tavbanomasi). Bu yodgorlikning uch nusxasi bor, ular Sankt-Peterburg, Berlin va Londonda saqlanadi. Turfondan topilgan Sankt-Peterburg nusxasi uyg’ur yozuvida bitilgan. Turfondan va «Ming budda g’ori» ibodatxonasidan topilgan Berlin va London nusxalari monaviy yozuvi bilan bitilgan bo’lib, uning til xususiyatlarini aks ettiradi. Bu yodgorliklarni 1910-1911 yillarda ingliz olimi Le Kok Berlin Londonda nashr ettirgan. L.V.Dmitrieva 1963 yilda uni lotin alifbosida ruscha tarjimasi bilan nashr ettirdi.
2. SHahzodalar Qalyanamqara va Papamqara haqida qissa. Bu yodgorlikning matni 1914 yilda frantsuz olimi P.Pello tomonidan frantsuzcha tarjimasi bilan nashr ettirilgan.
3. Oltin yoruq. Asli qadimgi hind-sanskritcha «Suvarnaprabhasa» (oltin jilo). Budda diniga oid bo’lgan sutra (muqaddas kitob)ning turkiy tarjimasi bo’lib, qisqacha «Oltun yoruq» nomi bilan yuritiladi. U X asrda beshbaliqlik Singku Seli Tutung tomonidan turkiy tilga o’girilgan. Bizgacha uning 10 ga yaqin nusxasi etib kelgan. 1909-1917 yillarda rus turkshunosi S.E.Malov Suchjou shahriga yaqin Vungshagudan topgan va 1913-1917 yillarda nashr ettirgan (V.V.Radlov bilan birga) nusxa boshqalarga nisbatan mukammalroq bo’lib, Sankt-Peterburgga saqlanadi.
4. Sekiz yukmak. Turfondan topilgan bu yodgorlik matnini nemis olimlari V.Bang, A.Fon Gaben va turk olimi G.R.Rahmatiylar 1934 yilda Berlinda nashr ettirganlar. Bulardan tashqari, uyg’ur yozuvida yozilgan bir qancha obidalar, turli afsonalardan olingan parchalarning matnlari bitilgan yodgorliklar bor. SHuningdek, VIII-X asrlarga va keyingi davrlarga oid juda ko’p uyg’urcha yuridik-huquqiy xujjatlar ham mavjud. Bu yodgorliklarda ham adabiy til, ham xalq so’zlashuv tili xususiyatlari aks etgan.
G’arbiy turk hoqonligi davrida (VI-VIII asrlar) turkiy qabilalar o’troqlasha boshlaydi. O’troqlashgan turklar shaharda hunarmandchilik, savdo-sotiq bilan shug’ullanadi, cho’l va qishloq joylarda esa dehqonchilik qiladi. Buning natijasida turkiy qabilalarning etnik jihatdan o’zaro yaqinlashuvi va fors tillarida so’zlashuvchi xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalari kuchayadi.
VIII asrda G’arb va Janubda – Movarounnahr hududi (Samarqand, Buxoro, CHoch, Farg’ona, Xorazm)da yashagan aholi va sug’diy-eroniy xalqlar arablar tomonidan bosib olinadi, Abbosiylar xalifaligiga qaram bo’lib qoladi. Bu erdagi xalqlar esa islom dinini qabul qiladi. Bu tarixiy hodisa Movarounnahrda yashagan xalqlarning, shu jumladan, turkiy xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, fan va adabiyotning rivojiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatdi. Ayniqsa, IX asrning 2-yarmidan, Somoniylar davridan boshlab turkiy xalqlarning ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy siljishlar sodir bo’ldi. Jumladan, urug’-qabilachilik munosabatlari kuchsizlanadi, feodal munosabatlar rivojlanib boradi.
SHu asnoda turk hoqonligi davrida turkiy qabilalar to’liq tabaqalanadi. Markazlashish, o’zaro birlashish jarayonida qo’shilish va ajralib ketish asosida rivojlangan turkiy tillar uyg’urlar hukmronligi davrida umumturkiy adabiy til sifatida shakllanadi. Bu adabiy tilning tashkil topishida qarluq-chigil tillari, shuningdek uyg’ur tili asos sifatida qatnashadi, uning taraqqiyotiga ma’lum darajada ta’sir qiladi. X-XII asrlarda Qoraxoniylar hukmronligi davrida qo’llangan, ma’lum darajada me’yorga solingan turkiy adabiy til qisman o’g’uz-qipchoq tillari xususiyatlarini ham o’z ichiga olar edi. Eski o’zbek adabiy tilining xalq tili sifatida shakllanish davri ham mana shu vaqtlarga to’g’ri keladi.

Download 98.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling