1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari. Sohaviy atama va so‘zlarning kelib chiqishi va ularning vazifaviy xususiyati


Download 19.77 Kb.
Sana28.01.2023
Hajmi19.77 Kb.
#1135240
Bog'liq
1-mavzu


1-mavzu. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari. Sohaviy atama va so‘zlarning kelib chiqishi va ularning vazifaviy xususiyati.

O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi talabalarning o‘zbek tilidan egallagan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va yanada kengaytirish, tanlagan ixtisosligi doirasida davlat tilini puxta bilishlariga yordamlashish, nutqini kasbiy atamalar bilan boyitish, o‘zbek tilida yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta’minlashdir. Fanning asosiy vazifasi kundalik mehnat faoliyati hamda turmushda zarur bo‘lgan nutqiy mavzularda o‘zbek tilida yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta’minlash, kundalik mehnat faoliyati hamda turmushda zarur bo‘lgan nutqiy mavzularda o‘zbek tilida mustaqil so‘zlay olish va yozish malakalarini takomillashtirish, ixtisoslikka oid turli nutq uslublarida matn tuza olish, uni o‘zgartira olish malakalarini shakllantirishdir. Muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy grammatik bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, o‘zbek tilidagi axborotni tushunish, unga tanqidiy, tahliliy munosabat bildirishni o‘rgatishdan iboratdir.


Amaliy mashg‘ulotga quyidagi mavzular kiradi:
1. O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari. Sohaviy atama va so‘zlarning kelib chiqishi ва уларнинг вазифавий хусусияти.
2. Соҳавий атамалар ва сўзларнинг бойиб бориш манбалари ва усуллари.
3. O‘zbek adabiy tili me’yorlari. Ўзбек тилининг асосий имло қоидалари.
4. O‘zbek адабий тили. Унли ва ундош ҳарфлар имлоси O‘zbek tilida tinish belgilari.
5. O‘zbek адабий тили. Asos va qo‘shimchalar imlosi.
6. O‘zbek адабий тили. Qo‘shib va ajratib yozish.
7. O‘zbek адабий тили. Bosh harflar imlosi. Bosh harflar imlosi. Ko‘chirish qoidalari. Tinish belgilarining qo‘llanilishi va qo‘llash xususiyatlari.
8. O‘zbek адабий тили. Bosh harflar imlosi.
9. O‘zbek адабий тили. Ko‘chirish qoidalari. Tinish belgilarining qo‘llanilishi va qo‘llash xususiyatlari.
10. Адабий тил меъёрлари. Фонетик ва талаффуз меъёрлари.
11. Адабий тил меъёрлари. Имловий ва грамматик меъёрлар.
12. Адабий тил меъёрлари. Луғавий ва семантик меъёрлар
13. Адабий тил меъёрлари. Оғзаки ва ёзма нутқнинг ўзига хослиги.
14. Адабий тил услублари
15. Илмий услубда атамаларнинг қўлланилиши
Soha terminlari fan, texnika, adabiyot, san’at va boshqa sohalarga oid ixtisoslashgan, qo‘llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); to‘rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega, kesim (tilshunoslikda), qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi.
Terminlarning ifoda plani so‘zga (hujayra, to‘qima) yoki turІun birikmaga (o‘q ildiz, popuk ildiz) teng bo‘ladi. Har ikki ko‘rinishda ham termin leksema deb hisoblanadi, bunda uning nominativ birlik ekanligi e’tiborga olinadi.
Terminlarning mazmun planida muayyan soha tushunchalari ifodalangan bo‘ladi: Masalan, boshoq terminining mazmun planida «poya uchida o‘sadigan to‘pgul yoki to‘pmevaning bir xili» tushunchasi ifodalangan.
Shaklan so‘zga teng termin aslida leksemaning o‘zidir, chunki u ko‘pincha til sistemasida mavjud bo‘lgan yoki shu tilning so‘z yasalish modellari asosida shakllangan leksemaning terminlashishi natijasida yuzaga keladi, natijada terminning ifoda plani ham, mazmun plani ham leksema bazasiga tayanadi. Qiyos qiling: tish (leksema: «odamning tishi», «hayvonlar tishi») - tish (termin: «odamning tishi», «hayvonlar tishi»). Bunda so‘zning leksik ma’nosi termin tushunchasiga tengdir. Demak, terminlarda ko‘pincha leksik ma’no bilan tushuncha o‘zaro teng bo‘ladi: gul-botanikada: «o‘simlikning urchish (ko‘payish) organi»; gul-amaliy san’atda: «Biror narsaga chizib, tikib, bosib yoki o‘yib tushirilgan bezak, naqsh». Bu misollarda gul so‘zi o‘zining bosh ma’nosida botanikada, ko‘chma ma’nosida esa amaliy san’atda terminlashgan. Ammo bir sohaning o‘zida leksemaning ikkita tushuncha nomi sifatida terminlashishi (ko‘p ma’noli termin bo‘lishi) terminologiyaning izchilligiga xilof bo‘ladi. Masalan, urug‘ leksemasi uzoq yillar botanikada ikki tushunchaning nomi bo‘lib keldi: 1) «o‘simlikning urug‘i» (ruscha: semya); 2) «turdan katta, oiladan kichik taksonomik kategoriya» (ruscha: rod). Ba’zan termin o‘ta ommalashib, umumtil birligiga aylanib qoladi. Xususan, radio, televizor, telefon so‘zlari ham ma’lum soha terminlari sifatida yuzaga kelgan, ammo hozirgi paytda bu terminlar ommalashib, barchaning nutqida qo‘llanadigan, barchaga tushunarli bo‘lgan so‘zlarga aylangan. Bu hodisa tilshunoslikda determinlashish deyiladi.
Download 19.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling