Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim


Download 34.51 Kb.
bet1/5
Sana16.10.2023
Hajmi34.51 Kb.
#1704786
  1   2   3   4   5
Bog'liq
TSMG o\'quv dastur.


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI






TASDIQLAYMAN”
Urganch davlat universiteti rektori
_________________B.Abdullayev
2023-yil “___”______________










O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI
FANINING
O‘QUV DASTURI

Bilim sohasi:

100 000 – Ta’lim

Ta’lim sohasi:

110 000 – Ta’lim

Ta’lim yo‘nalishi:

60111200 – Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

Urganch – 2023

Fan/modul kodi
O‘TSB321

O‘quv yili
2023-2024

Semestr
5

ECTS - Kreditlar
2

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
6

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi

Amaliy 30

90

120

2.

I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarning o‘zbek tilidan egallagan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va yanada kengaytirish, tanlagan ixtisosligi doirasida davlat tilini puxta bilishlariga yordamlashish, nutqini kasbiy atamalar bilan boyitish, o‘zbek tilidan yuqori darajada nutqiy savodxonlikni ta’minlashga erishish.
Fanning vazifasi – kundalik mehnat faoliyati hamda turmushda zarur bo‘lgan nutqiy mavzularda o‘zbek tilida mustaqil so‘zlay olish va yozish malakalarini takomillashtirish, ixtisoslikka oid turli nutq uslublaridan matn tuza olish, uni o‘zgartira bilish malakalarini shakllantirish. Muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy grammatik bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, turli tipdagi matnlarni erkin tuza olish malakalarini oshirish, o‘zbek tilidagi axborotni tushunish, unga tanqidiy, tahliliy munosabat bildirishni o‘rgatish.


II. Asosiy nazariy qism (amaliy mashg‘ulotlari)
Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar IV semestr
Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1-mavzu. “O‘zbek tili” fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari.
Tilning boshqa fanlar bilan aloqasi. Til va tafakkur. Til va ma’naviyat. Davlat tili tushunchasi. O‘zbek tili va davlat qonunlari.
2-mavzu. Til va yozuv masalalari.
Yozuv haqida umumiy tushuncha. O‘zbek yozuvlari tarixi. O‘zbek yozuvlarining rivojlanish bosqichlari.
3-mavzu: Orfografiya. Orfografik tamoyillar.
To‘g‘ri yozish qoidalari. Grafika. Orfografiya.
4-mavzu. Orfoepiya masalalari. Mening yurtim. Mavzu bo‘yicha suhbat. Vatan haqidagi matnlarni o‘qish, matn tuzish. Orfoepiya masalalari.
5-mavzu. O‘zbek tili haqida. Imlo tamoyillari. Davlat tili haqidagi gazeta maqolasi tahlili. Savodxonlik mashqlari.Mavzu bo‘yicha suhbat.
6-mavzu. O‘zbek tilining imlo qoidalari.
Bosh harflar imlosi, ajratib yozish, chiziqcha bilan yozish.
7-mavzu. Punktuatsiya. Punktuatsion me’yor.
Tinish belgilari.
8-mavzu. O‘zbek tilida so‘z yasash usullari.
O‘lmas an’analar. Mavzuga oid savol-javob. Milliy qadriyatlar haqida matn tuzish.
9-mavzu. So‘z –leksikologiyaning o‘rganish obyekti sifatida.
So‘z – leksikologiyaning o‘rganish obyekti sifatida. So‘zlarning bir va ko‘p ma’nolilik.
10-mavzu. Leksika: o‘z va o‘zlashma qatlam.
Tarix va zamonamiz. Mavzu bo‘yicha suhbat. Mattna munosabat bildirib so‘zlash. O‘qilgan tarixiy asar haqida fikr bildirish.

Download 34.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling