1-mavzu: “O‘zbek transkripsiyasi va transliteratsiyasi” kursiga kirish asosiy savollar
Download 119 Kb.
|
1-маъруза транс лотинчаси
TRANSLITERATSIYA (trans. va lot. littera - harf) - bir grafik tizim (alifbo) asosida yozilgan matnlar yoki alohida so‘zlarni boshqa bir grafik tizim (alifbo) vositalari bilan harfma-harf aks ettirish. Transkripsiyadan farqli ravishda transliteratsiya muayyan tilning grafik tizimiga asoslanib ish ko‘radi. Biron-bir alifboga asoslanar ekan, transliteratsiya harflarni shartli qo‘llashga, qo‘shimcha hamda diakritik belgilar kiritishga yo‘l qo‘yadi. Transliteratsiya dastlab 19-asrda Prussiya ilmiy kutubxonalaridagi lotin, kirill, arab, hind va b. yozuvli tillarda yozilgan asarlarni yagona katalogga kiritish ehtiyojidan kelib chiqqan. Ushbu kutubxonalar uchun tuzilgan yo‘riqnomalar 20-asrda lotincha bo‘lmagan yozuv tizimlarini lotinchaga o‘girish andozasining asosi bo‘lib xizmat qildi. Hozirgi transliteratsiyaga oid tavsiyalar Xalqaro standartlar tashkiloti - ISO (International Standart Organisation) tomonidan ishlab chiqiladi. Transliteratsiya o‘zining universalligi tufayli ko‘p tomonlama xalqaro munosabatlarda amaliy masalalarni hal qilishning yagona standarti bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Transliteratsiyani amaliy transkripsiyadan farqlash kerak. Transliteratsiya xalqaro bo‘lishi mumkin va bo‘lishi kerak, chunki u biron-bir milliy alifboga asoslanmaydi, amaliy transkripsiya esa biron-bir belgili alifboga, uning harf va harf birikmalarini tegishli imloda qabul qilingan o‘qish qoidalariga tayanadi. Transliteratsiya qadimiy qo‘lyozma yodgorliklar, jahon xalklari tarixi, tili va adabiyotini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
2-savol. Transkripsiya (qayta yozuv)ning o‘zbek xalq shevalarini o‘rganishdagi ahamiyati haqida tushuncha berish. Transkripsiyaning tuzilishi va turlarini misollar orqali isbotlash. Lotin va kirill alifbosi asosida tuzilgan belgilar, ulardan foydalanish, xalqaro fonetik alifbo haqida ma’lumot berish. Transkripsiya (qayta yozuv)ning o‘zbek xalq shevalarini o‘rganishdagi ahamiyati haqida tushuncha berish. Transkripsiyaning tuzilishi va turlarini misollar orqali isbotlash. Lotin va kirill alifbosi asosida tuzilgan belgilar, ulardan foydalanish, xalqaro fonetik alifbo haqida ma’lumot berish. IDENTIV O‘QUV MAQSADLARI Transkripsiya (qayta yozuv)ning dialektlarni o‘rganishdagi zarurligini anglatadi. Transkripsiyaning turlarga bo‘linishini izohlaydi. Xalqaro fonetik alifboni sharhlaydi. Transkripsiya bilan transliteratsiyani farqlaydi. Transkripsiya haqida umumiy ma’lumot. Transkripsiya dialekt va shevalarda uchraydigan tovushlarning turli ko‘rinishlarini yozuvda ifodalash uchun qo‘llanadigan ma’lum belgilar sistemasidir. Til tovushlarini aniq ifodalash uchun xizmat qiladigan yozuv - transkripsiya (lotincha transcripto - qayta yozish) deb ataladi. Transkripsiya uchun u yoki bu xalq iste’molidagi (lotin - rus - o‘zbek alfaviti kabi) traditsion alfavitdan o‘rni bilan ma’lum o‘zgarishlar kiritish orqali foydalaniladi. SHuning uchun ham transkripsiyada belgilar soni o‘ziga asos bo‘lgan alfavitdagi harflar sonidan ko‘p bo‘ladi. Transkripsiyaning fonetik transkripsiya, fonematik yoki fonologik transkripsiya kabi turlari bor. Transliteratsiya. Biror tilning yozma yodgorliklarini yoki ma’lum bir matnni (masalan, arab alifbosida yozilgan eski o‘zbek tili yodgorliklarini) nashr etishda shu yodgorliklarning yozuv sistemasini boshqa til yoki yodgorlik yozuv sistemasi orqali ifodalash transliteratsiya deb ataladi. Demak, transliteratsiya - biror yozuv harflarini boshqa bir yozuv harflari bilan almashtirib ifodalash usulidir. FONETIK VA FONOLOGIK TRANSKRIPSIYA Download 119 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling