1-mavzu: O„zbekiston Respublikasi Pzezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining ta‟lim tizimiga tegishli dolzarb farmon va qarorlar tahlili Reja


Download 231.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana19.12.2022
Hajmi231.9 Kb.
#1033758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
IeUqOCCkcUosdMy5QsxfjmkSOFQUM1qkilITeApX

sohani 
rivojlantirishning 
ustuvor 
yo‟nalishlari. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish; aholini ijtimoiy 
himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning 
ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish; arzon uy-joylar barpo etish bo’yicha maqsadli 
dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi 
yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish 
hamda modernizatsiya qilish; ta’lim va fan sohasini rivojlantirish; yoshlarga oid 
davlat siyosatini takomillashtirish vazifalariga alohida e’tibor qaratilishi belgilab 
olindi. 
Beshinchisi - Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‟rikenglikni ta‟minlash 
hamda chuqur o‟ylangan, o‟zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi 
ustuvor yo‟nalishlar. Xavfsizlik, diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlikni 
ta’minlash sohasidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Aholining 
turli qatlamlari o’rtasidagi ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik 
tamoyillarining hayotda qaror toptirish ijtimoiy taraqqiyotning muhim shartidir. 
Shuningdek Vatanimizning taraqqiyoti, barqarorligi masalalarining echimi ma’lum bir 
jihatdan chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatga ham bog’liqdir. 
Avvalo, aholining muayyan qatlami o’rtasida kambag’allik mavjudligini birinchi marta 
tan olib, uni qisqartirish bo’yicha keng qamrovli ishlarni boshladik.
Barcha tuman va shaharlarda, har bir mahallada ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar 
bilan manzilli ishlash bo’yicha mutlaqo yangi – ―temir daftar‖ tizimi joriy etildi. Qisqa 
muddatda bu tizim orqali 527 ming fuqaroning bandligi ta’minlandi. 
Bundan tashqari, o’zini o’zi band qilgan aholi uchun soliq imtiyozlari berilishi hamda 
ko’pgina cheklovlarning bekor qilinishi tufayli 500 ming nafar fuqaro mehnat faoliyatini 
qonuniy tarzda yo’lga qo’ydi. 
Dehqon xo’jaligi va tomorqa er egalariga 300 milliard so’m imtiyozli kredit va subsidiya 
ajratilgani ham qishloq aholisini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashda yangi yo’nalishga aylandi. 


Toshkent shahri, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg’ona 
viloyatlarida tashkil etilgan ―IT-Parklar‖da 500 dan ortiq zamonaviy kompaniyalar ish 
boshladi. 
Yakunlanayotgan yilda markazlashgan ichimlik suv ta’minotini yaxshilash uchun 
3 trillion so’m yoki 2016 yilga nisbatan 5 barobar ko’p mablag’ ajratildi. Natijada 
aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 73 foizga etdi.
Birgina joriy yilda ijtimoiy nafaqa oluvchilar qamrovi 2 barobarga oshirilib, 1 million 
200 ming nafarga etkazildi. Ushbu maqsadlarga byudjetdan 2016 yilga nisbatan 
5 barobar ko’p mablag’ ajratildi. 
Kichik yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 4 yil davomida 
2 barobar ortib, 60 foizga etdi. Bog’chalar soni esa 3 barobarga ko’payib, 14 mingdan 
oshdi. 
Bu yil oliy ta’limga qabul parametrlari 2016 yilga nisbatan 2,5 barobarga o’sdi, 
yoshlarimizni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 9 foizdan 25 foizga etdi.
Ehtiyojmand oilalarning mingga yaqin qizlari ilk bor oliy o’quv yurtlariga alohida davlat 
grantlari asosida qabul qilindi.
O’zbekiston ―Ochiq ma’lumotlarni kuzatish‖ xalqaro indeksida 125 pog’onaga ko’tarilib, 
44-o’rinni egalladi. Bunda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi 20 ta yo’nalish 
bo’yicha ko’rsatkichlarni oshkor qilib borish amaliyoti joriy etilgani muhim ahamiyat 
kasb etdi. 
―Iqtisodiy erkinlik‖ reytingida ham mamlakatimizning 26 pog’ona ko’tarilgani 
islohotlarimizning xalqaro maydondagi yana bir e’tirofi bo’ldi. Barchangizga ma’lumki, 
kirib kelayotgan 2021 yilda O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga 30 yil 
to’ladi. Albatta, bu tarixiy sanani siz, azizlar va butun xalqimiz bilan birgalikda “Yangi 

Download 231.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling