1-mavzu. O‘zbekiston respublikasining ta’lim-tarbiya sohasiga oid qonun hujjatlarining takomillashuvi
O‘zbekiston Respublikasida mehnat qonunchiligi sohasida amalga oshirilgan islohotlar
Download 215.5 Kb.
|
1=mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI
1.7. O‘zbekiston Respublikasida mehnat qonunchiligi sohasida amalga oshirilgan islohotlar.
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. O`zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to`g`risida”gi 36 moddadan iborat qonuni qabul qilingan bo`lib, ushbu qonunning yangi tahriri Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 10-martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil 25-avgustda maqullangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 22-sentyabrda imzolangan. Barcha korxonalarda, shuningdek ta’lim muassasalarida xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo‘lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi. Mehnatni muhofaza qilish talablari Mehnat Kodeksi va “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar, shuningdek texnik standartlar bilan belgilanadi. Ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgar bo‘ladi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. Qonunning maqsadi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi ratifikatsiya qilingan xalqaro hujjatlardan ya’na biri “Majburiy mehnat to‘g‘risida”gi 29-Konvensiyadir. “Majburiy mehnat to‘g‘risida”gi 29-Konvensiya (Jeneva, 1930 yil 28 iyun, XMT Bosh konferensiyasining 14-sessiyasida qabul qilingan) O‘zbekiston Respublikasi 1997 yil 30 avgustda ratifikatsiya qilingan. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan Xalqaro Mehnat Tashkilotining har bir a’zosi zo‘raki yoki majburiy mehnatni qo‘llashning barcha shakllarini imkon qadar qisqa muddatda bekor qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun "zo‘raki yoki majburiy mehnat" atamasi ixtiyoriy ravishda o‘z xizmatlarini taklif etmagan har qanday shaxsdan har qanday jazolash tahdidi ostida talab qilinadigan har qanday ish yoki xizmatni anglatadi. Majburiy mehnatni tugatishga qaratilgan xalqaro hujjatlardan ya’na biri, “Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risida”gi 105-son Konvensiya (1957 yil 25 iyun, Jeneva, XMT tomonidan qabul qilingan) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 30 avgustdagi 498-I-sonli «Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida»gi qarori bilan ratifikatsiya qilingan va 1997 yil 15 dekabrdan kuchga kirgan. NAZORAT SAVOLLARI: 1. Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida nima bilasiz? 2. Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning maqsadi nima? 3. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining bosqichlarini tushuntirib bering? 4. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining modeli nimalarni o‘z ichiga oladi? 5. Ta’lim va kadrlar tayyorlash borasida ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi qanday? 6. Korrupsiyaga qarshi siz qanday kurashyapsiz? Download 215.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling