1-mavzu: O’zbekiston Resrublikasi Davlat tili haqidagi qonunlari hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi kabi davlat hujjatlarida o’zbek tilini Davlat tili sifatida o’qitish
Download 81.07 Kb.
|
onatili 15-ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ohang, emotsional ifodalanganlik
- 14. DAVLAT TILI HAQIDAGI QONUNINING HAYOTIY AHAMIYATI
Muloqot vositalarini muloqot jarayonida bir tirik jonzotdan boshqasiga etkaziladigan axborotni kodlashtirish, uzatish, qayta ishlash va ochib berish vositalari sifatida ta’riflash mumkin.
Muloqot vositalariga quyidagilar kiradi: 1. Til – muloqot uchun qo‘llaniladigan so‘zlar, ifodalar va ularni muloqotda qo‘llash uchun ma’noli iboralarga birlashtirish qoidalari tizimi, shuningdek, turli ko‘rinish va shakllardagi (matnlar, chizmalar, suratlar), axborot yozish, etkazish va saqlashning texnik vositalari (radio- va videotexnika, yozuvning mexanik, magnitli, lazerli va boshqa shakllari) dagi belgilar tizimlari va yozuvdan iborat. 2. Ohang, emotsional ifodalanganlik, bir xil iboraga turlicha ma’no berishga qodir. 3. Suhbatdoshning mimikasi, gavda holati, nigohi ibora ma’nosini kuchaytirishi, to‘ldirishi yoki rad etishi mumkin. 4. Imo-ishoralar muloqot vositasi sifatida umumiy qabul qilingan, ya’ni, belgilangan ma’noga ega bo‘lishi yoki ekspressiv, ya’ni, nutqning ifodaliligini yanada oshirishi mumkin. 5. Suhbatdoshlar muloqotidagi masofa madaniy, milliy an’analarga, suhbatdoshga bo‘lgan ishonch darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Inson o‘zining tur ichidagi muloqot usullari va vositalarini tanlashdagi kashfiyotchiligi bo‘yicha Er sayyorasida bizga ma’lum tirik mavjudotlarni ancha quvib o‘tdi. 14. 'DAVLAT TILI'' HAQIDAGI QONUNINING HAYOTIY AHAMIYATI Oʻzbekistonda shoʻrolar hukmronligi paytida D.t. haqida umuman gapirish ham mumkin boʻlmagan, aksincha oʻzbek tilining ijtimoiy hayotda qoʻllanilishi tobora cheklanib qolgandi. Jamiyatni qayta qurish maʼnaviy poklanishni boshlab berdi. Uning natijasi oʻlaroq "Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi qonun qabul qilindi (1989-yil 21 okt.). Bu qonun oʻzbek xalqi milliy ongining rivojlanishida, mamlakat mustaqilligi mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishida muhim rol oʻynadi. Mazkur qonun qoidalari Oʻzbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyildi. Konstitutsiyaning 4-moddasiga binoan Oʻzbekistonda D.t.— oʻzbek tilidir. Qoraqalpogʻistonda bunday maqom qoraqalpoq tiliga ham berilgan. Mamlakatda yuz berayotgan real jarayonlar va imkoniyatlarni hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni bosqichma bosqich amalga oshirib borish vazifasi til islohoti bilan bogʻliq masalalarga zarur tuzatishlar kiritish ehtiyojini tugʻdirdi, respublika hali sobiq Ittifoq tarkibida boʻlgan va madaniy-maʼnaviy sohada oʻziga xoslikni mustahkamlashga intilgan bir sharoitda qabul qilingan D.t. haqidagi qonunning koʻpgina moddalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni taqozo etdi. Natijada 1995-yil 22 dek.da Oʻzbekiston Respublikasining D.t. haqidagi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Oʻzbek tilining Oʻzbekiston Respublikasi hududida D.t. sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu qonun va b. qonunlar bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida D.t.ni oʻrganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit yaratiladi hamda millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularning rivojlanishi taʼminlanadi. D.t.ni oʻqitish bepul amalga oshiriladi (4-modda). D.t.ga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning oʻzaro muomala, tarbiya va taʼlim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar (24-modda). Mamlakatda demokratik, baynalmilal tamoyillarga rioya qilinib, har bir millat va elatning erkin rivojlanishi, ularning til mustaqilligi va tengligi taʼminlangan. Taʼlimtarbiya ishlari oʻzbek tilidan tashqari tojik, rus, qozoq, koreys, turkman, qirgʻiz tillarida ham amalga oshiriladi. Milliy markazlarning faoliyati uchun yetarli imkoniyat yaratilgan. Shaxsga millati, irqi, tili, urf-odat va anʼanalariga qarab biror imtiyoz berish yoki shu vajdan huquqlarini cheklash javobgarlikka sabab boʻladi. Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida gʻoyat muhim oʻrin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir. 2019-yil 21-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganiga oʻttiz yil toʻladi. Mazkur tarixiy hujjatga binoan oʻtgan yillar davomida ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega boʻldi. Hozirgi kunda oʻzbek tili hayotimizning barcha jabhalarida – davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va sanʼat sohalarida faol qoʻllanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda. Oʻzbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi – milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, ona tilimizning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soʻnggi yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilgani ona tilimizning tarixiy ildizlarini chuqur oʻrganish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qoʻllanish doirasini kengaytirish, filolog kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarni yangi pogʻonaga koʻtardi. Hududlarda atoqli alloma va adiblarimiz nomlari bilan atalgan ijod maktablarining barpo etilishi bu yoʻldagi yana bir muhim qadam boʻldi. Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda oʻzbek tilining ahamiyati tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligini munosib nishonlash maqsadida: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va jamoatchilik vakillarining joriy yilning oktyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligini mamlakatimizda keng nishonlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin. 2. Quyidagilar: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 1-ilovaga; Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan ommaviy maʼnaviy-maʼrifiy chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Har bir sohaning rivojlanishi va taraqqiy etishida ma’lum bir vaqt talab etiladi. O’zbek tiliga O’zbekiston Respublikasi davlat tili maqomi berilganiga ham 30 yildan oshdi. 1989 yil 21 oktyabr «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilinib, o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lgan ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi. Bu vaqt oralig’ida ona tili mavqeining yanada mustahkamlanib, rivojlanishi uchun qator Qonun va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida’gi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo’linmasi hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi. Bundan ko’zlangan maqsad Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan bog’liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo’yicha takliflar tayyorlash, o’zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqishdan iborat. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-fevralda “Rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi. Qaror bilan 2021-yil 1-apreldan boshlab o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish hamda masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tizimi joriy etildi. Bu test tizimi davlat tilida ish yuritish sohasining yuksak rivojiga xizmat qilishi kutilmoqda. Test sinovidan o‘tish talablariga kelsak, rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun test sinovidan o‘tish talablari bir xil. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida test sinovida yetarli ball to‘play olmagan talabgor lavozimdan ozod etilishi yoki u qayta imtihon topshirgunga qadar uning ish o‘rni vakant bo‘lib turishi to‘g‘risida alohida talab belgilanmagan. Biroq, talabgorlar test sinovidan o‘ta olmasa, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida davlat tili bo‘yicha malaka oshiradilar va qayta test sinovlarida ishtirok etadilar. Download 81.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling