1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet131/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

Respublikaning Konstitutsiyasini tayyorlash g’oyasi I.A.Karimov tomonidan 1990
yilni mart oyida ilgari surildi. Ko’p o’tmay shu yilning iyun oyida Oliy
Kengashning ikkinchi sessiyasida Respublika Prezidenti rahbarligida 64 kishidan
iborat Konstitutsiyaviy Komissiya tuzildi. 
Komissiya Konstitusiya loyihasini tayyorlash jarayonida xalqaro huquq
qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining hujjatlariga, Butunjahon inson
huquqlari Deklarasiyasiga amal qildi. Dunyoning ko’pgina 
taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlarning konstitutsiyaviy hujjatlari o’rganib
chiqildi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruv tizimi va adolatli
qonunshunoslik an’analari ham chuqur o’rganildi.
Mustaqillik Konstitutsiyasi loyihasida O’zbekistonda yuz bergan tarixiy
o’zgarishlar hisobga olindi. Xususan, O’zbekiston mustaqilligini qonunlashtirish,
iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o’tishning shartlari, davlat va jamiyat qurilishida
demokratik tizimning tamoyillari, inson huquqining ustuvorligi ifodasini topdi.
Konstitutsiyada bayon etiladigan masalalarni birma-bir o’rganib chiqish uchun 35
kishidan iborat ishchi guruh va har bir bo’limini alohida tayyorlaydigan kichik
guruhlardan iborat komissiyalar tashkil etildi.


Ishchi guruh va komissiyalar 1991 yilni oktyabrida Konstitutsiyaning birinchi,
1992 yilni bahorida ikkinchi nusxasini tayyorladi va shu nusxasi 1992 yilni 26
sentyabrida umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Joylardan
tushgan minglab takliflar o’rganib chiqilib, noyabr oyida ikkinchi marta matbuotda
bosib chiqildi. 
Tuzatishlar va aniqlashlardan keyin mustaqil O’zbekiston Respublikasining
Asosiy Qonuni 1992 yili 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
XII chaqiriq XI sessiyasida qabul qilindi.
Mustaqillik Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo’lim, 26 bob, 128 moddadan
iborat bo’ldi. Birinchi bo’limda Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari bayon etilib,
unda Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi,
tashqi siyosatning bosh yo’nalishlari o’z ifodasini topdi. Asosiy Qonunning Ikkinchi
bo’limi 35 moddadan iborat bo’lib, Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,
erkinliklari va burchlariga bag’ishlangan. Bunda, O’zbekiston Respublikasining
barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklariga ega ekanligi, O’zbekistonning butun
hududida yagona fuqarolik o’rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari va
erkinliklari, vijdon erkinligi va uning kafolatlanishi yoritilgan. Insonning davlat va
jamiyat ishlarini boshqarishga bevosita hamda o’z vakillari orqali qatnashishlari,
siyosiy partiyalar va harakatlarga qo’shilish huquqlari ta’kidlab ko’rsatilgan.
Asosiy Qonunda fuqarolarning mulkdor bo’lishi, mehnat qilish, nafaqa olish,
o’z vaqtida dam olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish huquqlariga
ega ekanligi aniq qilib bayon etilgan va bu huquqlari va erkinliklari davlat tomonidan
ta’minlanadi deb taqqoslab qo’yilgan. Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab
qo’yilgan burchlarni, chunonchi, qonunlarga rioya qilish, xalqimizning tarixiy,
ma’naviy meroslarini avaylab saqlash, atrof tabiiy muhitni asrash, soliqlar va
mahalliy yig’imlarni o’z vaqtida to’lash, Vatanni himoya qilish kabi burchlari
majburiy ekanligi ta’kidlangan.
Konstitutsiyaning "Jamiyat va shaxs" bo’limida O’zbekiston iqtisodiyoti
bozor munosabatlariga asoslanishi, uning negizini xilma-xil mulk shakllarining teng
huquqga ega ekanligiga kafolat berildi. Ishbilarmonlik, tadbirkorlik va
tashabbuskorlik harakatiga keng yo’l ochib berildi va mulkdorlar tabaqasini vujudga
keltirish tamoyillari ishlab chiqildi. Jamiyat ijtimoiy birlashmalari, oila va ommaviy
axborot vositalarining o’rni aniq bayon etib berilgan.
O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi, O’zbekiston
Respublikasi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasining o’zaro munosabatlariga
maxsus to’rtinchi bo’lim ajratilgan.


Mustaqil O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tashkil etilishi

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling